Xitoy Falastinni Isroil bilan ixtilofda qo‘llab-quvvatlashga va'da berdi
Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I pokistonlik hamkasbi Shoh Mahmud Qurayshiy bilan suhbatda Pekin Falastinni Isroil bilan ixtilofda qo‘llab-quvvatlashini aytdi.

Foto: Van I / LIU Weibing / XINHUA / Xinhua via AFP / EastNews
«Xitoy kelgusida ham falastinliklarni ularning qonuniy huquqlarini tiklashda, joriy muammolarni siyosiy muloqot yo‘li bilan hal qilishni, BMT, Arab davlatlari ligasi va Islom hamkorlik tashkilotini qat'iy qo‘llab-quvvatlaydi», deb aytgan Van I suhbat chog‘ida.
Xitoy vakilining ta'kidlashicha, Pekin BMT Xavfsizlik kengashi Isroil — Falastin ixtilofi tomonlarini tinchlik bo‘yicha muloqotlarni «ikki davlat tuzish konsepsiyasi» asosida tiklashga chaqirishi kerak deb hisoblamoqda.
Shuningdek, Xitoy ixtilof bo‘yicha ikkita shoshilinch maslahatlashuv o‘tkazishni talab qilmoqda. Biroq BMT Xavfsizlik kengashi bu borada bir to‘xtamga kela olmayapti.
«Afsuski, Xavfsizlik kengashi hamon bir to‘xtamga kela olmayapti va AQShning ixtilof borasida egallagan pozitsiyasi haqqoniylikka ziddir. Biz Xavfsizlik kengashining barcha a'zolarini o‘z majburiyatlarini bajarishga va Yaqin Sharqda tinchlik va xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jiddiy sa'y-harakatlar amalga oshirishga chaqiramiz», deb aytilgan Van I bayonotida.
O‘z navbatida, Pokiston tashqi ishlar vaziri ixtilofni muloqot va muzokaralar yo‘li bilan hal qilishda Falastin va Isroilga ko‘mak ko‘rsatilishini qo‘llab-quvvatlashini aytgan.
14 may kuni BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ixtilof tomonlarini o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirgan. Xavfsizlik kengashi Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashgani sababli 16 may kuniga shoshilinch yig‘ilish o‘tkazishni belgilagan.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiya: ota-onalar dam oladigan, bolalar esa baxtiyor bo‘ladigan ta’til
Jamiyat | 19:00
-
Daniyada foydalanuvchilarga dipfeyklarga qarshi kurashish huquqi beriladi
Jahon | 22:06
-
Ispaniyalik tadqiqotchilar haftasiga to‘rt kunlik ish rejimining samaradorligini isbotladi
Jahon | 21:48
-
NATO sharqqa kengaymaydi deb Rossiyani chuv tushirishdi – Putin
Jahon | 21:44
Mavzuga oid

08:44 / 26.06.2025
Italiyada supermarket tarmoqlaridan biri Isroil mahsulotlarini peshtaxtalardan olib tashladi

23:21 / 13.06.2025
O‘zbekiston G‘azoda urushni to‘xtatish haqidagi BMT rezolyutsiyasiga qo‘shildi

17:45 / 11.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi

13:43 / 11.06.2025