Amudaryodagi Manğit dehqon bozori qarşisida ommaviy muştlaşuv bölgani haqida biroz oldin xabar bergan edik. Amudaryo tumani hokimligining axborot xizmati yuqoridagi holat yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.

Qayd etilişiça, 18 may kuni soat 18:00lar atrofida Amudaryo tumani Içki işlar bölimiga Manğit şahridagi Manğit dehqon bozori oldida – Madaniyat köçasi böyidagi yölda janjal bölayotganligi töğrisidagi xabar kelib tuşgan.

Ma'lum bölişiça, bozorda savdo-sotiq işlari bilan şuğullanuvçi fuqaro Yu.A. bilan mijoz A.Q.lar örtasida oldi-sotdi masalasida özaro kelişmovçilik kelib çiqqan. Keyinçalik uşbu janjalga mijoz A.Q.ning öğillari T.S. va T.N. aralaşib, örtadagi kelişmovçilik kattalaşib, janjal iştirokçilari yöl böyiga çiqib ketgani aniqlangan.

Amudaryo tumani IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bölinmasi inspektorlari tomonidan janjal vaqtida töxtatilib, janjalda iştirok qilgan fuqarolarga tuşuntiriş işlari olib borilgan.

Hodisa natijasida heç kim tan jarohati olmagan va jabrlanmagan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekşiriş işlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, bundan oldin Qonlikölda mast erkak tanişini urib öldirgandi. Avvalroq esa Xöjaylida 5 kişi bir-biri bilan muştlaşgani aks etgan video tarqalgandi.