20 may kuni Italiyaning Venetsiya şahrida, xalqaro me’morçilik biyennalesi doirasida Özbekiston pavilonining oçiliş marosimi bölib ötdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri Venetsiyadan xabar bermoqda.

Özbekiston uşbu yirik arxitektura va san’at tadbirida ilk marta qatnaşmoqda. Milliy pavilon özbek mahallalariga bağişlangan.

«Mahalla: şahar va qişloq hayoti» nomli loyihadan maqsad – xalqaro darajadagi madaniy tadbirlarda milliy iştirokni ta’minlaş hamda özbek mahallalarining öziga xos jihatlarini oçib beriş.

Oçiliş marosimida Özbekiston nomidan boş vazir örinbosari – milliy pavilon taşkiliy qömitasi raisi Aziz Abduhakimov, Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi kengaşi raisining örinbosari Saida Mirziyoyeva va jamğarma ijroçi direktori Gayane Umerova va loyihaning boşqa iştirokçilari qatnaşdi.

«Loyiha taşkiliy qömitasi raisi sifatida pavilonimizga taşrif buyurganingizdan minnatdorman. Umid qilamanki, milliy pavilonimizda taqdim etilgan Özbekistonning boy madaniy merosi sizda zavq uyğotmay qolmaydi.

Ayni paytda biz Venetsiya Respublikasini dunyoning boşqa qismlari bilan boğlab turgan tarixiy kemasozlik maskani – Arsenalda turibmiz. Bugun ham butun dunyo şu yerda jam bölgan. Bu galgi biyennale xalqaro aloqalarga jiddiy salbiy ta’sir qilgan koronavirus pandemiyasi yilidan keyin bölib ötayotgani ayniqsa muhim», – ta’kidladi Aziz Abduhakimov.

Madaniyat va san’at fondi raisi örinbosari Saida Mirziyoyeva öz sözida fond va taşkilotçilar Özbekiston milliy madaniy merosi mavzusida ekspertlar bilan oçiq muloqotga tayyorligini qayd etdi.

«Venetsiya biyennalesi – juda köplab ajoyib insonlar, ekspertlar, professionallar, entuziastlarni bir joyda jamlaydigan, ularga madaniyatlar almaşinuvi uçun beqiyos imkoniyat taqdim etuvçi fantastik anjuman.

Bu yerdagi bizning körgazmamiz mahallaga bağişlangan. Mahalla – takrorlanmas me’moriy-ijtimoiy fenomen; jamiyat içida yaşaşning an’anaviy usuli, qöşniçilikning bir şakli va mahalliy boşqaruv birligi.