17 may kuni Xalq deputatlari Andijon shahar kengashining navbatdagi sessiyasida bir guruh deputatlar tintuv qilingan edi. Sessiyada shahar hokimining noqonuniy qarorlariga qarshi chiqayotgan va Andijon shahar prokurorini attestatsiyadan o‘tkazishni talab qilgan deputat Shuhratbek Karimovni daxlsizlik huquqdan mahrum qilish masalasi muhokama qilingan.

Andijon shahri hokimi prezident qaroriga zid ravishda yer ajratish bo‘yicha qaror chiqardi. Mahalliy kengash uni kvorumsiz tasdiqlab yuborgan

Adliya vazirligi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, har bir deputatga o‘z vakolatlarini moneliksiz hamda samarali amalga oshirishi uchun shart-sharoit kafolatlanishi, uning huquqlari, sha'ni va qadr-qimmati muhofaza qilinishi, deputatning sha'ni va qadr-qimmatiga tajovuz qilgan shaxslar qonunga muvofiq ma'muriy, jinoiy yoki o‘zga tarzda javobgar bo‘lishi, deputatlik vakolatlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilish maqsadida deputatga qanday tarzda bo‘lmasin ta'sir ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmasligi, deputat oldidagi o‘z vazifalarini bajarmaydigan, uning ishiga to‘sqinlik qiladigan, bila turib unga yolg‘on axborot beradigan, deputat faoliyatining kafolatlarini buzadigan mansabdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘lishini eslatgan.

Shuningdek, vazirlik bayonotida Senat kengashining 2010 yil 30 dekabrdagi qarori bilan tasdiqlangan xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashi namunaviy reglamentiga muvofiq sessiya o‘tkaziladigan vaqt, sana va joy hamda kun tartibi kengash deputatlari e'tiboriga sessiya ochilishidan kamida yetti kun oldin yetkazilishi, deputatlarga tanishib chiqish uchun hujjatlar yuborilishi, sessiyalar ochiq, oshkora o‘tkazilishi va ommaviy axborot vositalari tomonidan yoritilishi, zarur hollarda kengash yopiq sessiya o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi mumkinligi ta'kidlanadi.

Andijon shahar hokimining yer ajratish haqidagi noqonuniy qarori bekor qilindi. Bu birinchi marta emas

«Biroq mazkur kengash sessiyasida deputatlarning daxlsizligi buzilib, telefon va ovozli videoga oluvchi moslamalarni olib kirishi taqiqlangan hamda ayrim deputatlar tintuv qilingan.