KQMB va KQIP 4-sentabr kuni «firibgarlik koll-markazlari tarmoğiga homiylik qiliş va mol-mulkni legallaştirişga aloqador jinoiy taşkilotni foş etiş» böyiça operatsiya ötkazilayotganini maʼlum qildi.

Korrupsiyaga qarşi organlar tergov versiyasiga köra, mazkur jinoiy taşkilotga Ukraina boş prokurori ofisi xodimi rahbarlik qilganini bildirdi.

Operatsiyaning batafsil tafsilotlari keyinroq eʼlon qilinişi aytilgan. Şu kuni KQMB va KQIP xodimlari Boş prokuror ofisida tintuv ötkazgan.

Boş prokuror ofisi tergov harakatlari ötkazilganini tasdiqladi. Şu bilan birga, KQMB va KQIPning gumonlari bevosita Ukraina boş prokurori Ruslan Kravçenkoga taalluqli emasligi taʼkidlandi.

Boş prokuror ofisi korrupsiyaga qarşi organlarga qonun doirasida töliq kömak va zarur maʼlumotlarni taqdim etişini bildirdi.

Şuningdek, noqonuniy faoliyatga ehtimoliy aloqadorligi tekşirilayotgan prokuratura xodimi sudgaça tergov davomida xizmat vazifalarini bajarişdan çetlaştirilişi maʼlum qilindi.

OAV prokuratura xodimi qölga olinganini yozmoqda

«Ukrainskaya pravda» manbalariga köra, KQMB va KQIP Ukraina boş prokurori ofisi Xalqaro-huquqiy hamkorlik departamenti boşliği örinbosari Sergey Kropivani gumon qilmoqda.

Naşr öz manbalariga tayanib, Kropiva qölga olinganini ham xabar qildi. Biroq bu maʼlumot rasmiy idoralar tomonidan hozirça tasdiqlangani yöq.

OAV maʼlumotiga köra, Odessa viloyati harbiy maʼmuriyati rahbari Oleg Kiper bilan boğliq joylarda ham tintuv ötkazilgan.

Kiper avval Ukraina boş prokurori ofisida turli lavozimlarda işlagan, 2023-yilda esa Odessa viloyati harbiy maʼmuriyati rahbari etib tayinlangan.

Kropiva ham Boş prokuraturadagi hozirgi lavozimiga tayinlanişidan oldin Odessa viloyati harbiy maʼmuriyatida Kiperning örinbosari bölib işlagan. U bundan avval boş prokuror ofisida kiberxavfsizlik yönalişida ham faoliyat yuritgan.

Ayni paytda tintuvlar aynan qaysi mansabdorlarga nisbatan ötkazilgani va kimlar rasman gumonlanuvçi maqomini olgani haqida töliq rasmiy maʼlumot berilmagan.