Xalq deputatlari Andijon shahar kengashi deputati Shuhratbek Karimov shahar prokurori taqdimnomasiga asosan daxlsizlik huquqidan mahrum etildi.

Karimov so‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda chiqishlar qilib, shahar hokimi yer ajratish to‘g‘risida bir necha noqonuniy qarorlar chiqarganini tanqid qilgan.

Uni daxlsizlik huquqidan marhum qilish masalasi xalq deputatlari Andijon shahar kengashining 17 may kungi sessiyasida ko‘rib chiqilib, shahar prokurorining so‘roviga rozilik berilgan.

E'tiborlisi, bu yig‘ilishga deputatlar telefon va ovozli videoga oluvchi moslamalarni olib kirishi taqiqlangan. Shu sababli Milliy gvardiya xodimlari bir guruh deputatlarni tintuv qilgan.

Oliy Majlis deputati Rasul Kusherbayevga ko‘ra, bunda deputat daxlsizligiga rioya qilinmagan.

«Katta ehtimol bilan deputatlarni daxlsizlik huquqigayam tupurib tintuv o‘tkazishga topshiriq berganlar yer sotish ishlariga daxldor va deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilib qamashga ishtiyoqmand «o‘sha» shaxslar bo‘lishi kerak», – deya Telegram-kanalida yozgan Rasul Kusherbayev.

Deputatlarning yonida telefon yo‘qligini tekshirish topshirig‘ini Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarov bergan. Milliy gvardiya matbuot xizmatiga ko‘ra, tekshiruvga prokuratura va IIB xodimlari bosh-qosh bo‘lgan.

«[…] Andijon shahar hokimining topshirig‘iga asosan, sessiya ishi boshlangunga qadar Andijon shahar IIB, shahar prokuraturasi va hokimligidan ajratilgan mas'ul xodimlar kuzatuvi ostida qo‘riqlash xodimi tomonidan tashrif buyurgan sessiya qatnashuvchilari metallodetektor yordamida ko‘rikdan o‘tkazilgan va uyali aloqa hamda ovozli videoga oluvchi vositalarini qoldirib kirishlari talab etilgan», – deyiladi