Farğona vodiysining şimoliy qismida olib borilgan dala tadqiqotlaridan birida ilmiy ekspeditsiya Qirğizistonga çegaradoş hududdan hozirgaça fanga noma'lum bölgan yangi yovvoyi piyoz turini topdi. Bu haqda Özbekiston Fanlar akademiyasi axborot xizmati ma'lum qildi.

«Özbekiston yovvoyi piyozlarning kelib çiqişi va turlar xilma-xilligi mavjud hudud hisoblanadi. Terilgan gerbariy namunalari laboratoriya şaroitida tahlil qilinganda yangi topilgan ösimlik turi fan uçun yangilik ekani aniqlandi.
Unga eng yaqin bölgan ösimlik turi Tojikiston va Qirğiziston Respublikalari hududlaridagi Baland toğ hududida ösadigan Allium minitum Vved, ya'ni kiçik piyoz nomi bilan kiritilgan ösimlikdir. Öxşaş belgilari ular gulining tuzilişi va oq rangda bölişi, farqi esa ekologik makoni hisoblanadi», deyiladi akademiya xabarida.
Qayd etilişiça, Allium minitum, ya'ni fanga hozirda ma'lum bölgan tur Alp mintaqasida 3000 metrdan balandlikda uçrasa, yangi topilgan ösimlik turi adir mintaqasida 1000-1100 metr balandlikda ösadi.
«Hozirda mazkur ösimlik turining guli tuzilişi böyiça tadqiqotlar olib borilmoqda. Bundan taşqari, mazkur ösimlikning uruği elektron mikroskop orqali örganiladi. Şundan söng Institut olimlari oxirgi xulosani beradi va unga nom qöyiladi. Örganiş natijalari e'lon qilinadi», deyiladi xabarda.
Ma'lumot uçun, ÖzR FA Botanika instituti Özbekiston florasi laboratoriyasi hamda Özbekiston Milliy gerbariysining eng ustuvor yönalişi - mamlakat hududida ösayotgan ösimliklar bioxilma-xilligining inventarizatsiyasi va davriy inventarizatsiyasini amalga oşiriş, ösimlik turlarining tarqalişini geoaxborot texnologiyalar vositasida xaritalaş va ma'lumotlar bazasini tuzişga qaratilgan.







