Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisi Murat Kamalov Nukusdagi 46-sonli ixtisoslaştirilgan umumta'lim maktabida ötkazilgan sönggi qönğiroq tadbirida qatnaşdi. Bu haqda Jöqorği Kenges matbuot xizmati xabar bermoqda.

Murat Kamalov davlat rahbarining mamlakatimiz maktablarini bitiruvçi öğil-qizlarga yöllagan tabrigida “Maktabni bitirib çiqayotgan yigit-qizlarimizdan birontasi e'tibordan çetda qolmaydi. Ularning har biri xalqimiz, Vatanimizning çeksiz mehri va yuksak e'tiborini his qilib yaşaydi. Sizlarning hayotda öz munosib örningizni topişingiz uçun davlatimiz va jamiyatimiz bundan buyon ham bor kuç va imkoniyatlarini töla safarbar etadi” — deya katta e'tibor körsatib, bitiruvçi yoşlarga yuksak işonç bildirganligini ta'kidladi.

Ma'lumot uçun, 46-sonli maktabda 152 nafar öquvçi 11-sinfni bitirmoqda. Ular orasida 9 öquvçi maktabni oltin va kumuş medallar bilan bitirgan. 12 öquvçi muddatidan oldin AQŞ, Buyuk Britaniya, Polşa, BAA, Janubiy Koreya, Singapur kabi davlatlarning oliy öquv yurtlariga kirdi.