AQŞning B-52H Stratofortress strategik bombardimonçi samolyoti ötgan hafta Boltiq ustidan uçiş vaqtida MK-82 aviabombalari bilan qurollangan bölgan. Bu haqda AQŞ harbiy-havo kuçlari ma'lum qildi. 

Amerikalik harbiylar tomonidan e'lon qilingan fotosuratlarga köra, samolyot 21 may kuni Ispaniyadagi Moron aviabazasidan uçişi oldidan uning bomba bölmasiga 9ta aviabomba yuklangan. Bombardimonçi umumiy hisobda 51ta MK-82 bombasini taşiy oladi.

Ta'kidlanişiça, samolyot Latviyadagi poligonga uçgan va u yerda «Latviya harbiy samolyotlari bilan birgalikda maşğulot parvozlarini amalga oşirgan».

AQŞda ma'lum qilinişiça, bunday missiyalar butun dunyo böylab har qanday tahdid va çaqiriqqa javob beriş uçun zarur tayyorgarlikni oşiradi.

AQŞ harbiy-havo kuçlarining Yevropadagi qömondonligi 24 may kuni 2ta B-52H Stratofortress bombardimonçisi Qora dengiz ustida parvoz amalga oşirib, hududdagi nişonlarga zarba berişni maşq qilganini ma'lum qilgan. 

Ma'lumotlarga köra, 18 may kuni Ispaniyadagi Moron bazasiga AQŞning Barksdeyl aviabazasidan B-52H Stratofortress tezkor guruhi kelgan.