Joriy yilning 25 may kuni Özbekiston tumani markazida joylaşgan Alişer Navoiy istirohat boğida elektr ta'minotidagi uziliş sababli attraksion çarxpalak içida odamlari bilan töxtab qolganligi haqida xabar berilgandi.
"Farğona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ mazkur holat böyiça rasmiy munosabat bildirdi:
«Özbekiston tumani markazida joylaşgan Alişer Navoiy istirohat boği 110/35/10 kVli "Yaypan" nimstansiyasidan çiquvçi 10 kVli "Islom" elektr uzatiş havo tarmoğiga ulangan 272-sonli transformator punkti orqali elektr energiyasi bilan ta'minlanadi.
25 may kuni soat 14:40 da 10 kVli "Islom" elektr uzatiş tarmoğida avariyali uziliş sodir bölgan. Tezkor navbatçilik guruhi tomonidan yuzaga kelgan avariyali uzilişni zudlik bilan bartaraf etiş çoralari körilib, uzatmada yuzaga kelgan uziliş nuqtasi aniqlanib, tezkorlik bilan nosozlik bartaraf etilgan. Uzatmaga soat 15:41 da kuçlaniş berilgan va soz holatda tarmoqqa ulangan.
Yuqorida körsatib ötilgan avariyali uziliş vaqtida Özbekiston tumani markazida joylaşgan Alişer Navoiy istirohat boğidagi barça elektr qurilmalar soz holatda bölgan. Avariyali uziliş vaqtida keltirilgan noqulayliklar uçun uzr söraymiz», – deyiladi rasmiy munosabatda.
Avvalroq, Oltiariq tibbiyot birlaşmasida elektr taqçilligi kuzatilganligi, quyoş batareyalari işdan çiqqanligi haqida xabar berilgan edi.











