Keyingi vaqtlarda yoşga doir va boşqa turdagi nafaqaning sababsiz keçikişi yoxud umuman berilmay qolişi haqida turli hududlardan oz bölsa-da murojaatlar kela boşladi. Samarqand şahrida yaşovçi 84 yoşli onaxonning arizasini örganarkanmiz, bu gaplar bekorga emasligi oydinlaşdi.
Ayni vaqtda insultdan davolanayotgan Barno Xalilovaning murojaatidan biliş mumkinki, muammolar ötgan yil kuzidan paydo böla boşlagan. Avvaliga nafaqa belgilanganidan kamroq çiqqaniga sarson bölgan fuqaro, keyinçalik ikki oylik nafaqasini umuman olmagan.
«Birinçi guruh nogironiman, şu sababdan nafaqamda muammo paydo bölsa biror joyga borişim ham muammo. Mart, aprel oylari uçun nafaqam umuman yetib kelmagaç, öğlimni pensiya jamğarmasi şahar bölimiga yubordim. Bir neça marta borib, kuni bilan sarson bölib, asabiylaşib qaytib kelgan öğlimni körib hayron qolaman. Mening nafaqam kimga kerak bölyapti?» deydi Barno Xalilova.
Holatga aniqlik kiritiş maqsadida Budjetdan taşqari pensiya jamğarmasi Samarqand şahar bölimida böldik.

Bölimda mutasaddilar haqiqatan ham onaxonning ikki oylik nafaqasi berilmay qolganini ma'lum qildi. Ammo nima uçun, kimning qanday xatosi bilan bu muammo paydo bölgani va nega fuqaroning murojaatlariga qaramay vaqtida hal etilmagani noaniqligiça qoldi. Bu texnik xato ekani aytildi, xolos. Xöp, texnik xato bölibdi, bunday vaziyatda fuqaro murojaat qilgan zahoti uzr sörab, bartaraf etiş kerakmasmidi?
Öğil onasining nafaqa böyiça muammosini hal etiş uçun bir neça martalab uşbu idora ostonasida kunini ötkazişga majbur bölganini sözlab berdi.
«Aslida nafaqaga qarab qolgan joyimiz yöq. Ammo onam uçun özlariga tegişli bölgan nafaqa qadrli bölsa kerak, gaplarini yerda qoldirmay şu vaqtgaça bir neça marta şahar pensiya jamğarmasiga bordim. «Böldi, keyingi oyga qöşvoramiz» deyişadi-yu ammo bu iş qilinmaydi. Taşkilot rahbariga ham uçradim. Tegişli xodimini çaqirib xatolikni bartaraf etişni buyurdi, ammo may oyida yana aldanganimni bildim. Bular, heç qanday sababsiz onamning nafaqa pullarini berişmadi.
Lekin aslida meni hayron qoldirgan narsa bu emas. Onam-ku menga aytadilar, men vaqt topib bu taşkilotga kelaveraman. Ammo farzandlari yonida bölmagan boşqa keksalar bu holatga duç kelişsa nima qilişadi? Qarigan çoğida ardoqda yuriş örniga bu idora eşigida sarğayişi, xodimlarning qöpol muomalasiga toqat qiliş qançalik töğri? Aslida xato qilgani uçun bular xijolat bölişi, xatosini tezda töğrilaşi kerak edi-ku?» deydi Barno Xalilovaning öğli Abubakr Ğafforov.










