Ijtimoiy tarmoqlarda sud zalidagi sudlanuvçilar kabinasida ötirgan 4 nafar erkakning bilak tomirlari kesilgani, kabina oynasi va devorlariga qon bilan turli yozuvlar yozilgani aks etgan videolar tarqaldi.

Videolarga ilova qilingan izohlarda aytilişiça, uşbu hodisa çinozlik Ahmadboyning yordamçilaridan bölgan va xalq orasida Murodboy nomi bilan tanilgan Mirzamurod Yunusaliyev va uning jinoiy şeriklariga nisbatan navbatdagi jinoyat işi doirasida bölib ötayotgan sud jarayonida sodir bölgan.

Gumonlanuvçilarning bilaklari nima uçun va kim tomonidan kesilgani hozirça noma'lum. Biroq telegramdagi kanallardan birida tarqalgan videolarda sudlanuvçilar va ularning yaqin qarindoşlari Murodboy va şeriklarini qölga oliş çoğida topilgan 3 kg oltin, 6 milliard söm pul va qimmatbaho maşinalarni organ xodimlari olib ketganini iddao qilişgan.

Kun.uz’ning sud tizimida faoliyat yurituvçi manbasi bergan ma'lumotga köra, uşbu hodisa keça, 25 may kuni jinoyat işlari böyiça Yangiyöl tuman sudi binosida yuz bergan. Oliy sud raisining matbuot kotibi Aziz Obidov Kun.uz muxbirining qönğiroqlariga javob bermadi.

Toşkent viloyat sudining jamoatçilik va OAV bilan hamkorlik böyiça boş konsultanti Şerzod Xudoyberdiyev röy bergan voqea yuzasidan rasmiy munosabat tayyorlanayotgani, unda gumonlanuvçilar nima sababdan bu işga qöl urişgani, şuningdek, ötkir tiğli jismlar ularga qanday borib qolganiga oydinlik kiritilişini ma'lum qildi.

Içki işlar vazirligi jinoyat işlari böyiça Yangiyöl şahar sudida sudlanuvçilarning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

«Joriy yilning 25 may kuni Özbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va boşqa moddalarida körsatilgan jinoyatlarni sodir etgani uçun ozodlikdan mahrum etilgan va ayni vaqtda 1-son Tergov hibsxonasida saqlanayotgan mahbuslar;