Özbekiston Oliy sudi jinoyat işlari böyiça Yangiyöl şahar sudida sodir bölgan voqeaga munosabat bildirdi. Unda qayd etilişiça, sudlanuvçilar piska (lezviye) bölagi bilan qöllarini tilib, özlarini qamoqdan ozod qilişni yoki aslida ularga tegişli bölib, “Ahmadboy işi” böyiça musodara qilingan 6,5 mln dollarni qaytarişni hamda sud majlisida boş vazir va boş prokuror iştirok etişini talab qilişgan.

Rasmiy bayonotda dastlabki tergov organi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “a”, “v” bandlari bilan ayblanuvçi M. Yunusaliyev rahbarligidagi uyuşgan guruh a'zolari Ğ.Murodjonov, E.Şaripov, S.Yölçiyev, A.Qudratov, M.Daliyev, A.Rasulov, D.Raimbekov, D.Bozorboyev, S.Qurbonov, S.Pölatov, E.Abdusalamov, E.Usmonov 2016 yil 1 yanvardan 2016 yil 16 iyungaça davom etgan jinoiy faoliyatlari mobaynida fuqarolardan naqd pul, avtomaşina va köçmas mulklarni qabul qilib, ularning pul mablağlari va köçmas mulklarini 10-12 oy içida 2 - 2,5 barobar miqdorida köpaytirib berişni va'da qilişgan. Şu yöl bilan fuqarolarni qiziqtirib, jami 682 ta holatda 516 nafar jabrlanuvçining 2,3 mln. AQŞ dollari va 1,4 mlrd. söm miqdoridagi pul mablağlarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritişda ayblangani ta'kidlanadi.

Ma'lum bölişiça, mazkur jinoyat işi ayblov xulosasi bilan jinoyat işlari böyiça Yangiyöl şahar sudiga 2021 yil 22 fevral kuni kelib tuşib, uni sud majlisida köriş 2021 yil 11 mart kuniga tayinlangan.

Raislik qiluvçi sudya F.Işanxodjayev tomonidan joriy yilning 11 mart kunidan bugungi kunga qadar ötkazilgan sud majlislarida jinoyat işi böyiça 430 nafardan ortiq jabrlanuvçi, 7 nafar guvoh va 8 nafar sudlanuvçi söroq qilingan. Ehtiyot çorasi sifatida qamoqda saqlanayotgan sudlanuvçilar M.Yunusaliyev, Ğ.Murodjonov, S.Yölçiyev, A.Qudratov va E.Şaripov körsatma berişdan boş tortgan.

Murakkab va köp epizodli bölgan mazkur jinoyat işining sudda muhokama qiliş muddati 2021 yil 10 may kuni Toşkent viloyati sudi raisi tomonidan Jinoyat-protsessual kodeksi 405-moddasining 4-qismiga asosan tört oyga, ya'ni 2021 yil 12 iyulga qadar uzaytirilgan.

“25 may kuni ötkazilgan navbatdagi sud majlisi jarayonida, taxminan soat 16:00 larda qamoqda saqlanayotgan sudlanuvçilar M.Yunusaliyev, Ğ.Murodjonov, S.Yölçiyev, A.Qudratov va E.Şaripov raislik qiluvçi tomonidan himoyaçi D.Asqarovning iltimosnomasi rad qilinganini vaj qilib, uyuşgan holatda tartibsizlik sodir etgan. Sudlanuvçilar M.Yunusaliyev, S.Yölçiyev va A.Qudratov özlarining yonlarida bölgan piska (lezviye) bölagi bilan qöllarini tilib, özlarini qamoqdan ozod qilişni yoki aslida ularga tegişli bölib, “Ahmadboy işi” böyiça musodara qilingan 6,5 mln. AQŞ dollarini qaytarişni hamda sud majlisida Boş vazir va Boş prokuror iştirok etişini talab qilişgan