Ijtimoiy tarmoqlarda sud zalidagi sudlanuvçilar kabinasida ötirgan 4 nafar erkakning bilak tomirlari kesilgani, kabina oynasi va devorlariga qon bilan turli yozuvlar yozilgani aks etgan videolar tarqaldi. Keyinroq ular xalq orasida Murodboy nomi bilan tanilgan Mirzamurod Yunusaliyev va uning jinoiy şeriklari bölgani, hodisa 25 may kuni jinoyat işlari böyiça Yangiyöl tuman sudida sodir bölgani ma'lum böldi.
Videolarda sudlanuvçilar va ularning yaqin qarindoşlari Murodboy va şeriklarini qölga oliş çoğida topilgan 3 kg oltin, 6 milliard söm pul va qimmatbaho maşinalarni organ xodimlari olib ketganini iddao qilişgan.
Oliy sud voqeaga munosabat bildirdi. Unda qayd etilişiça, sudlanuvçilar piska (lezviye) bölagi bilan qöllarini tilib, özlarini qamoqdan ozod qilişni yoki aslida ularga tegişli bölib, «Ahmadboy işi» böyiça musodara qilingan 6,5 mln dollarni qaytarişni hamda sud majlisida boş vazir va boş prokuror iştirok etişini talab qilişgan.
Oliy sud ham, viloyat IIBB ham öz bayonotlarida sudlanuvçilar tomirlarini kesiş uçun piskani qayerdan olişganiga e'tibor qaratmagan.
«Şu holat hozir suriştiruvda. Har holda ularning yonida lezviya avvaldan bölmagan. Çunki ular hibsdan olib kelingan. Sud zalida kimdandir yoki qayerdandir olganlar. Tez orada IIV bu böyiça töliq bayonot e'lon qiladi», – deydi Bobur Tölaganov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.
Oliy sud raisining matbuot kotibi Aziz Obidov mahkumlarning qöliga piska qanday tuşib qolganiga baho beriş sud organlarining vakolatiga kirmasligini aytdi.
«Sud jarayoniga sudlanuvçi va mahbuslarni olib keliş va olib ketiş, şuningdek, ularni saqlaş, sud jarayonida ularning xatti-harakatlariga köz-quloq böliş içki işlar organlarining zimmasida. Mahkumlarning qöliga piska qanday tuşib qolganiga baho beriş Oliy sudning vakolatiga kirmaydi. Bunga konvoyni amalga oşiruvçi içki işlar organlari mas'ul.
Sudya sud zaliga maxsus transportda olib kelingan sudlanuvçilarning yonida nima bor-yöqligini tekşirmaydi», – deydi Aziz Obidov.








