Toşkent viloyat prokuraturasi tomonidan JIB Yangiyöl tuman sudining 2024 yil 11 noyabrdagi Rustamjon Mirzaxatamovga nisbatan hukmiga kassatsiya tartibida protest kiritildi. Prokuratura hukmning qonuniyligini örganib çiqqan. Bu haqda Kun.uz'ga Boş prokuror matbuot kotibi Hayot Şamsuddinov ma’lum qildi.

Qayd etilişiça, prokuratura protestida JIB Yangiyöl tuman sudining Rustamjon Mirzaxatamovga nisbatan hukmini bekor qilib, Jinoyat kodeksining 266-modda 3-qismi “a” bandi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş odamlar ölimiga sabab bölişi) doirasida jazo qöllaş söralmoqda. Bu moddada muayyan huquqdan mahrum qilgan holda 10 yilgaça ozodlikdan mahrum etiş jazosi nazarda tutilgan.

Kun.uz avvalroq jinoyat işlari böyiça Yangiyöl tuman sudida YTH sodir qilib 2 bolaning ölimiga sababçi bölgan haydovçi sud zalida qamoqdan ozod etilganini tanqid qilgandi. Oradan bir hafta ötib esa YTHda bir kişining ölimiga sababçi bölgan haydovçiga ayni şu sudya hukmi bilan 2 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Har ikki işga bir sudya – Uluğbek Ibragimov raislik qilgan.