Qatar falastinliklarni qöllab-quvvatlaşda davom etadi, Ğazo sektorini tiklaş işlariga 500 mln dollar yönaltiradi, deb ma'lum qildi Qatar taşqi işlar vaziri Muhammad bin Abdurrahmon Al Taniyga tayanib.

«Qatar amiri, şayx hazrati oliylari Tamim bin Hamad Al-Taniyning farmoniga muvofiq, Qatar Ğazoni tiklaşga 500 mln dollar miqdorida yordam berişini e'lon qiladi», dedi u.

Al-Taniyning qöşimça qilişiça, Qatar falastinliklarni qöllab-quvvatlaşda davom etadi.

Qatardan taşqari Misr va AQŞ ham Ğazo sektorini tiklaşga yordam berişini bildirgan. Qohira Ğazoga 500 mln dollar, AQŞ esa tezkor ravişda 37,5 mln dollar va keyinçalik millionlab dollar ajratişini ma'lum qilgan.