Bunday yirik loyihaning amalga oşirilişi hozirda mavjud çeklovlarni hisobga olgan holda bir neça bosqiçlarga bölingan va 1 iyundan boşlab park hududida boğning muayyan hududlari faoliyat yuritadi.
Magic City oçilişi kuni siz maşhur şaharlar atmosferasi ufurib turgan tematik köçalar böylab sayr qilişingiz mumkin. Parkda 11ta tematik köça va ona yurtimiz faxri bölgan Registon maydonçasi joylaşgan bölib, ularning har biri taşrif buyuruvçilarni hayratga soladi. Masalan, Amsterdam köçasi qadimiy “suzuvçi” binolarga öxşaş uylar bilan töla. Barselona köçasidagi binolar esa Antonio Gaudi uslubida yaratilgan bölib, ular tabiiy allyuziyalar bilan töldirilgan.
Parkdan Magic City uçun maxsus yaratilgan musiqaviy favvora ham joy olgan. Bu şunçaki oddiy favvora emas, balki mehmonlarga yorqin his-tuyğular dengizini ulaşuvçi ajoyib möjizadir. Favvoraning repertuari musiqa dunyosining eng maşhur kompozitsiyalarini öz içiga oladi. Tomoşa davomida butun suv sathining maydoni bir neça soniya içida tuman bilan qoplanib, suv oqimi ajoyib olov kabi tovlanadi.
Magic City markazida esa Bavariya şahrida joylaşgan Noyshvanshtayn me'moriy yodgorligi şaklida qurilgan ertaknamo qal'a mavjud. Parkning bu qismi malikalar haqidagi multfilmlarni xuş köruvçi jajji qizaloqlarga yoqişi aniq.
Bundan taşqari, tarixiy Kolizey şaklida yaratilgan katta amfiteatr ham heç kimni befarq qoldirmaydi. Xavotir olmang, bu yerda siz gladiatorlar jangini körmaysiz, lekin kutilayotgan hodisalar sizni lol qoldirişi tayin.
Asosiysi esa, parkda çiroyli fotosuratlar olişingiz mumkin.
Park yangiliklarini Instagramdagi rasmiy sahifada kuzatib boring: instagram.com/magiccityuz
Manzil: Toşkent, Bobur köçasi, 174-uy. Möljal: Beşyoğoç.
Rasmiy sayt: magiccity.uz
Reklama huquqi asosida










