O‘zbekiston | 11:35 / 27.05.2021
2152
2 daqiqa o‘qiladi

Viloyat hokimi Latviyaning Axborot tizimlari menejmenti Oliy maktabi prezidenti bilan uchrashdi

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Latviyaning Axborot tizimlari menejmenti Oliy maktabi (ISMA) prezidenti, texnika fanlari doktori, akademik Roman Dyakonni hamda ushbu oliygohning Farg‘ona shahridagi filiali rahbari professor Sandra Plotani qabul qildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma'lum qilmoqda.

Qayd etilishicha, ISMA rahbarlari viloyat hokimi bilan uchrashuvda oliygoh faoliyati haqida, yuqori malakali kadrlarni xalqaro ta'lim standartlari darajasida tayyorlash, turizm va mehmonxona xo‘jaligi sohalarida amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish, xalqaro tadbirkorlik asoslarini o‘rgatish bo‘yicha qilinayotgan ishlar borasida ma'lumot berishgan.

Uchrashuvda oliygoh Farg‘ona filialida “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun viloyat hokimligi mablag‘lari hisobidan kvotalar ajratilishi masalasi ham ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, oliygoh tomonidan amalga oshirilishi ko‘zlanayotgan, Farg‘onada xalqaro standartlarda ta'lim beradigan umumta'lim maktabi tashkil etish loyihasi ham muhokama qilingan.

Avvalroq Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlangani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga oid