Fransiya 7 iyunda AQŞga ikkinçi Ozodlik haykalini yuboradi. AQŞda maşhur haykalning «qiyofadoşi» 10 yil qoladi.

BFMTV naşrining xabar berişiça, AQŞga yuboriladigan haykal XIX asr oxirida Gyustav Eyfel tomonidan yaratilgan «original» Ozodlik haykalining ança kiçik nusxasi hisoblanadi. Uning balandligi bor-yöği 2,83 metrni taşkil qiladi. Şu kungaça u Parij köçalaridan birida örnatilgan bölgan.   

Haykal AQŞga Mustaqillik kuni nişonlanadigan 4 iyulda yetib keladi. U Nyu-York yaqinidagi Ellis orolida joylaşgan migratsiya milliy muzeyiga örnatiladi va u yerda 10 yil qoladi.

Ozodlik haykali Amerikaga 1886 yilda Fransiya hukumati tomonidan AQŞ mustaqillik deklaratsiyasining 100 yilligi munosabati bilan sovğa sifatida yuborilgan. 135 yil ötib Fransiya ikki davlat döstligini tasdiqlaş maqsadida AQŞga yana bitta Ozodlik haykalini jönatmoqda.

Ozodlik haykali Nyu-York qöltiğidagi Ozodlik orolida joylaşgan. Haykalning balandligi 46 metrni, postamenti bilan esa 93 metrni taşkil qiladi. 1984 yildan YuNeSKOning Butunjahon merosi röyxatiga kiritilgan.