Magic City bu — ulkan sehrli şaharça bölib, u bolalarga ertaknamo şukuh va tabassum ulaşişga qaror qildi.

31 may kuni Magic City’da kam ta'minlangan oilalar farzandlari, bolalar uyi va maktab-internatlar hamda olimlar oilalari farzandlari uçun xayriya keçasi bölib ötdi.

Tadbirning asosiy maqsadi — bolalar uçun bayramona kayfiyat yaratiş, şuningdek, boğ tarixi bilan taniştiriş edi.

The Magic jamoasi bolalar sehrli boğning asosiy qahramoni — Fanikl bilan birgalikda haqiqiy sayohatga çiqişlari mumkin bölgan şou dasturni taqdim etdi. Oqşomni taşkillaştiriş uçun teatr aktyorlari, balet va sirk truppasi, akrobatlar, şuningdek, yurtimizda taniqli bölgan bolalar ansambl jamoalari jalb qilindi.

Istirohat boği hududida ertaknamo muhitni yaratiş uçun mehmonlarni taxtaoyoq aktyor, masxaraboz va animatorlar kutib olişdi. Bundan taşqari, mehmonlar favvoralar şousi gözalligidan bahramand bölişdi va tadbirning yakuniy bosqiçida hayratlanarli muşakbozlik uyuştirildi.

Şou yakunida barça bolalarga brend futbolkalar, kepkalar, şarlar, «Tanga bilan dunyo böylab» kitobi va Crafers tomonidan şirinlik va sovğalar taqdim etildi.

Magic City bugundan oçiq. Park hududida sayr qiliş uçun tematik köçalar, Registon va Kolizey maydonlari, ajabtovur musiqali favvora, park markazidagi ertaknamo qasr, va şuningdek, Özbekistondagi birinçi bino içidagi attraksionlar parki işga tuşgan.