Özbekistonda minimal iste'mol xarajatlari qiymatining dastlabki hisob-kitoblari böyiça ötkazilgan matbuot anjumanida Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirining birinçi örinbosari Ilhom Norqulov hayotiy misollar orqali bu masalaga izoh berib ötdi.

«Biz faqat Toşkent şahri, viloyat yoki alohida katta tuman markazlarigina emas, balki çekka tumanlarda ham örganiş işlarini olib bordik.

Masalan, olti kişilik oilani oladigan bölsak, xususan, ota-ona va tört nafar farzand. Bu oila uçun oy davomida 2 million 640 ming söm minimal iste'mol xarajati miqdori hisoblanadi. Köp holatlarda bunday oilalarda faqat bir kişi, ya'ni ota işlaydi. Oy davomida erkak kişi kamida 3-4 kun farzandlarining oldida bölişi kerakligi va dam olişini inobatga oladigan bölsak, bunday oilalarda kunlik daromad 100 ming sömni taşkil etişi kerak.

Bu bugun e'lon qilingan minimal iste'mol xarajatlarining kişi boşiga miqdori, 440 ming söm bazasida hisoblangan körsatkiç. Yoki beş kişilik, 3 nafar farzandli oilani inobatga olsak, bu yerda kunlik daromad kamida 80—90 ming söm atrofida bölişi lozim», deya ta'kidladi Ilhom Norqulov.

Avvalroq, Özbekiston aholisining minimal iste'mol xarajatlari miqdori dastlabki hisob-kitoblarga köra, kişi boşiga bir oyda 440 ming söm etib belgilangani xabar qilingandi.