«Mamlakatimizda aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining elektr energiyasiga tobora ösib borayotgan ehtiyojini ta'minlaş maqsadida köplab energiya inşootlari barpo etilmoqda. Xususan, quyoş energiyasidan foydalanişga katta e'tibor qaratilmoqdaki, bu an'anaviy energiya resurslari çeklangan bugungi şaroitda va kelajakda muhim örin tutadi.

Joriy yilda Birlaşgan Arab Amirliklarining «Masdar», Fransiyaning «Total Eren» kompaniyalari tomonidan Navoiy va Samarqandda har birining quvvati 100 megavatt bölgan quyoş fotoelektr stansiyalari işga tuşiriladi.

Şunday zamonaviy stansiyalardan birini Şerobod tumanida quriş böyiça tender e'lon qilingan edi. Tender savdolarini ötkazişda Osiyo taraqqiyot banki texnik va moliyaviy maslahatlari bilan iştirok etdi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Loyihani amalga oşirişga 50 dan ortiq xalqaro kompaniya qiziqiş bildirdi. Ikki bosqiçli tanlovdan söng, Birlaşgan Arab Amirliklarining Masdar kompaniyasi eng arzon tarif taklif etib, ğolib böldi.

Loyiha doirasida mazkur kompaniya tomonidan quvvati 457 MVt bölgan quyoş fotoelektr stansiyasi quriladi. Şuningdek, 220 kVt kuçlanişli yangi nimstansiya va «Surxon» nimstansiyasiga ulaniş uçun 52 kilometrlik elektr uzatiş tarmoği barpo etiladi.

Quyoş fotoelektr stansiyasi uçun 601 gektar maydon ajratilgan. Masdar kompaniyasi 260 million dollar töğridan-töğri investitsiya jalb qiladi. Stansiyaning yillik işlab çiqariş hajmi 1,04 milliard kVt/soatni taşkil etadi. Buning natijasida yiliga 340 million kub metr tabiiy gaz tejalib, 300 mingta xonadon elektr energiyasi bilan ta'minlanadi.

Fotoelektr stansiyasi qurilişida ming kişi, bitganidan keyin 120 nafar mutaxassis işlaydi. Uşbu yirik inşootni 2023 yil avgustda işga tuşiriş rejalaştirilgan.

Prezident Şavkat Mirziyoyev mamlakatimizda tejamkor va ekologik xavfsiz iqtisodiyotni ta'minlaş böyiça qator işlar amalga oşirilayotganini ta'kidladi.

«Har bir kilovatt-soat elektr energiyasini 1,8 sent narxida  sotib oliş imkoniyati paydo bölib, bu respublikamiz iqtisodiyoti uçun juda katta yutuq va aholiga yengillikdir. Umuman olganda, uşbu stansiyaning barpo etilişi, unda işlab çiqariladigan elektr energiyasi va yangi infratuzilmalar viloyatning kompleks rivojlanişi uçun katta turtki böladi», - dedi davlat rahbari.