2 iyun kuni «Özbekistonda biznes muhitini yanada yaxşilaş va yangi muammolar: soliq, bojxona va boşqa masalalar» mavzusidagi virtual davra suhbati bölib ötdi. Unda Moliya vazirligi, soliq va bojxona qömitalari hamda boşqa idoralar mutasaddilari, xalqaro ekspertlar iştirok etdi.
Tadbir doirasida Kun.uz muxbiri Davlat soliq qömitasining birinçi örinbosari Mubin Mirzayevdan şu paytgaça berilgan individual va ommaviy soliq imtiyozlarining samaradorligi haqida söradi.
Kun.uz: Şu kungaça berilgan turli individual va ommaviy soliq imtiyozlari va ularning berilişi natijasida erişilgan iqtisodiy samaradorlikni aniqlaş masalasiga töxtalsangiz. Deylik, bir milliard summa miqdoridagi soliq imtiyozi natijasida «N» miqdordagi iqtisodiy samaradorlikka erişildi, deb ayta olamizmi?
Mubin Mirzayev: Bizning eng katta yetişmovçilik nima desa, soliq imtiyozlarini beramiz, lekin u nima samara berdi, degan savolga birorta vazirlik yoki idora monitoring qilmaydi. Şuning uçun, mana şu davra suhbatida ham şu masala kötarildi. Birinçi navbatda imtiyozlar berilişi va berilgan imtiyozlar qanday samara berdi, degan savolga javob beriş kerak. Moliya vazirligi va Soliq qömitasi töliq invertizatsiyadan ötkazib...
Soliq kodeksiga asosan, soliq imtiyozlarini individual tarzda beriş mumkin emas, lekin ayrim holatlarda berilyapti. Şuni alohida tartibga solib, sohalarga imtiyozlar berilgandan keyin u qanaqa samara berişini monitoring qiladigan tizimni yölga qöymasak, bu iqtisodiyotning rivojlanişiga hamda raqobatbardoş mahsulotlar işlab çiqarilişiga tösqinlik qiladi.
Imtiyoz beriladi, lekin u işlab çiqariş yoki sohaning rivojlanişiga ijobiy ta'sir körsatmaydi.
Soliq kodeksi qabul qilinganidan keyin soliq imtiyozlarini bekor qiliş, ya'ni bir xil şaroit yaratişga harakat qilyapmiz. Lekin ayrim sohalarga baribir imtiyoz berişimizga töğri keladi. Jahon banki bilan hamkorlikda samaradorlikni baholaş tizimini joriy qilib, 2022 yil 1 yanvardan boşlab yölga qöysak, töğri böladi.
Şuningdek, DSQ raisi örinbosari yirik QQS qaytarib oluvçilar röyxati oçiqlanişi borasidagi savolga ham javob berdi.
Kun.uz: Yirik soliq tölovçilar röyxati oçiqlanganidek, yirik QQS qaytarib oluvçilarning ham röyxatini oçiqlaş vaqti kelmadimi?







