Koronavirus pandemiyasi butkul çekingani bilan boğliq umidlar, afsuski, oqlanmadi. Kasallik tarqalişi tobora oşayotgan bugungi kunlarda işonçli himoya vositalariga bölgan ehtiyoj har qaçongidan ham köpaydi. CleanBox loyihasining mahsuloti esa şunday kunlarda juda asqatadi.

CleanBox loyihasi 2018 yilning iyul oyida Innovatsion rivojlaniş vazirligi yordamida Lotus Engineering yetakçi nanotexnologik startap kompaniyasi mutaxassislari tomonidan yaratilgan. Yoş va qobiliyatli muhandislarning ilğor ğoyalari asosida yaratilgan mahsulotdan 2020 yilning boşidan buyon 35 ming dollarlik sotuv hajmiga erişildi.

CleanBox qator xalqaro loyihalar ğolibi hisoblanadi hamda Skolkovo innovatsion markazida yuqori baholangan. Eng muhimi, mazkur loyiha inson salomatligini saqlaş va mustahkamlaşdek ğoyani ilgari suradi.

Qurilmaning ijtimoiy ahamiyati haqida söz borganda birgina misolni keltiriş mumkin. Ma'lumki, maktabgaça ta'lim muassasalarida belgilangan reglament böyiça bolalar öynaydigan öyinçoqlar kuniga ikki marta yuvilişi kerak. Tozalaşlardan birida albatta xlor aralaşmasidan foydalanilişi zarur va bu keyinçalik bolajonlarning nozik terisiga salbiy ta'sir qilişi mumkin. CleanBox mana şu muammoni ham oson, ham arzon bartaraf etadi. Bolalar bevosita uşlaydigan öyinçoq va boşqa jihozlar tezlik bilan zararsizlantirib olinadi.

CleanBox – uy jihozlari, bolalar öyinçoqlari, hujjatlar, pullar, telefon, oziq-ovqat va bundan taşqari kundalik foydalaniladigan boşqa narsalardan noxuş hidni bartaraf etuvçi va 99,9 foizgaça mikroblarni öldiruvçi qurilmadir.

Bu qurilmaning iş prinsipi yoruğlikda faollaşuvçi nanokatalitik filtrga asoslangan va u mikrob va bakteriyalarni zararsizlantirişda yuqori samara beradi. Afzalliklari orasida kundalik foydalanişda kasalliklar tarqalişining oldini oliş muhim örin egallaydi.

CleanBox afzalliklari haqida gap ketganda uning ultrabinafşa nurlar yoki ionizatordan foydalanmasligi e'tiborga molik. Sababi bunday modda va vositalarning inson salomatligi uçun zararlari talaygina.