Özbekistonda gilos terimi mavsumi 7-10 kun içida yakuniga yetadi. Bu yilgi mavsum ötgan yilga nisbatan ança baland narxlarda boşlanişiga qaramay, ayni paytda uşbu mevaning ulgurji narxi 2020 yilning mos davridagi narxga tenglaşib qoldi.
EastFruit tahlilçilarining fikriga köra, gilos narxi keskin tuşib ketişi mumkin va bunga bir qança asosli sabablar keltirilgan.
Özbekistonda joriy yil gilos mavsumi ötgan yilgiga qaraganda taxminan 10 kun keçroq boşlandi. Buni fevral oyining oxiri va mart oyining örtalarida kuzatilgan sovuq ob-havo bilan ham izohlaş mumkin. Dastlab mamlakatdagi içki bozorda gilos narxi ança baland edi, ammo ayni paytdagi vaziyat gilos narxlariga keskin ta'sir etişi mumkin.
Gilos yetiştiruvçi fermerlar va boğbonlar oxirgi 5-6 kun içida gilosga bölgan talabning ança «sustlaşganini» qayd etişmoqda. Mamlakatdagi yirik gilos yetiştiruvçi hududlardan biri bölgan Farğona viloyatida savdogarlar fermerlardan saralanmagan giloslar kilogrammini 0,5-0,66 dollardan, saralangan mahsulotning kilogrammini esa 0,95 dollardan xarid qilişmoqda.
Tahlilçilarning fikriga köra, bunga quyidagilar asosiy sabab bölmoqda:
Birinçidan, taşqi bozorlarda gilosga bölgan talab pasayib ketgan. Bu özbek gilosining asosiy importçisi Rossiya bozorida Turkiya, Eron va Ozarboyjon eksportçilarining faollaşuvi va gilos yetkazib beriş hajmining köpayişi bilan boğliq. Öz navbatida bu holat içki bozorda gilos hajmining köpayişiga va narxlarning pasayişiga olib kelmoqda.
Ikkinçidan, ob-havo prognozlariga qaraganda, birgina Farğona viloyatida 4-12 iyun kunlari havo haroratining örtaça körsatkiçi +39 darajani taşkil qiladi. Bu esa ötgan yilning mos davrida qayd qilingan körsatkiçdan 9 daraja yuqori. Bu holat hali pişib yetilmagan gilos hosilining tez pişib yetilişi va uning terimi tezlaşişişiga sabab böladi. Tabiiyki, bu holat gilos bozorida takliflar hajmining keskin oşişiga olib keladi.
Şuni ham hisobga oliş kerakki, issiq ob-havo mevalarning tez buzilişiga olib keladi. Özbekistonda esa gilosni tez sovitişga möljallangan uskunalar bilan ta'minlaniş darajasi juda past.
Bu omillarning bari ekportçilar tomonidan gilosga bölgan «sust» talablar bilan birlaşib, narxga nisbatan bosim ötkazadi. Eksportyorlar gilosni Özbekiston uçun asosiy savdo bozori bölmiş Rossiya bozoriga eksport qiliş uçun narxni yanada pasaytirişlari kerak böladi.












