Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida Özbekiston 11 ta xorijiy davlatga 23,3 ming tonna gilos eksport qilgan.

Yarim yillikda eksport qilingan gilosning umumiy qiymati 57,9 mln AQŞ dollarini taşkil etgan.

BMTning Comtrade xalqaro savdo ma’lumotlar bazasida keltirilişiça, 2024-yilda Özbekiston 32,2 ming tonna yangi uzilgan gilosni taşqi bozorlarga yetkazib bergan. Uning umumiy qiymati 70,4 mln dollarga teng bölgan.

Mazkur körsatkiç bilan Özbekiston gilos eksporti hajmi böyiça dunyoda oltinçi örinni egallagan.

2024-yil yakunlariga köra, Çili 529,5 ming tonna gilos eksporti bilan yetakçilik qilgan. Keyingi örinlarni Gonkong - 168,4 ming tonna, AQŞ - 84,2 ming tonna, Turkiya - 66,5 ming tonna va Ispaniya - 34,1 ming tonna bilan egallagan. Özbekistondan keyin Gretsiya - 28 ming tonna, Ozarboyjon - 25,8 ming tonna, Avstriya - 18,1 ming tonna va Moldova - 10,1 ming tonna gilos eksport qilgan.

Statistikaga köra, sönggi ön yilda Özbekistonning gilos eksporti turliça dinamika körsatgan. Eng yuqori natija 2021-yilda qayd etilib, öşa yili xorijga 60,8 ming tonna gilos yetkazib berilgan.

2023-yilda eksport 45 ming tonnani, 2024-yilda 32,2 ming tonnani, 2025-yilda esa 31,7 ming tonnani taşkil etgan. 2026-yilning dastlabki olti oyida esa 23,3 ming tonna gilos taşqi bozorlarga sotilgan.