Davlat soliq qömitasi xabariga köra, farmon bilan 2021 yil 1 iyundan boşlab davlat organlari, taşkilotlar va muassasalar tomonidan aholidan soliq tölovçi jismoniy şaxslarning davlat soliq xizmati organlarida hisobga qöyilgani (STIR olganlik) faktlarni tasdiqlovçi hujjatlarni talab qiliş bekor qilindi.
Davlat organlari va taşkilotlari jismoniy şaxslarga davlat xizmatlarini körsatişda, işga qabul qiliş jarayonida va boşqa ma'muriy tartib-taomillarni amalga oşirişda jismoniy şaxslarning soliq organlarida hisobga qöyilganini soliq organidan mustaqil ravişda yoki “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalaşuv platformasi orqali sörab olişi lozim.
Farmon bilan 2021 yil 1 iyundan boşlab 16 yoşga tölgan şaxslarga identifikatsiya ID-kartalari beriş ularni soliq organlarida soliq tölovçi sifatida hisobga qöyiş bilan bir vaqtning özida amalga oşirilişi belgilandi.
Şunga asosan, 2021 yil 1 iyuldan boşlab soliq organlarida soliq tölovçilarning hisobini yuritiş jismoniy şaxsning şaxsiy identifikatsiya raqamidan foydalangan holda amalga oşirişga ötiladi. Ya'ni, soliq tölovçining identifikatsiya raqamini (STIR) beriş böyiça davlat xizmatlarini körsatiş bekor qilinadi.
Jismoniy şaxsning şaxsiy identifikatsiya raqami barça davlat, bank, ijtimoiy va boşqa xizmatlarni körsatişda fuqaroning şaxsini tasdiqlovçi yagona identifikator hisoblanadi hamda davlat organlari va taşkilotlari tomonidan jismoniy şaxslarni identifikatsiya qiladigan alohida raqamlarni yuritiş taqiqlanadi.







