Şu keça-kunduzda Navoiy viloyatida havo harorati 45 darajagaça issiq bölmoqda. Bunday haroratda köpçilik özini soya-salqinga olgan. Faqatgina qişloq ayollari tinib-tinçimaydi, rözğor işlaridan ortib, dalaga mehnat qilgani ham çiqişadi. Karmana tumani hududidagi paxta dalalaridan birida quyoşda qoraygan qahramonlar — issiqqa parvo qilmasdan çopiq qilayotgan xotin-qizlar bilan suhbat qurdik.

Ular dalada kunbay işlaşadi. 200 metrga yaqin uzunlikdagi paxta dalasida bitta qatorning begona ötini tozalab çiqiş uçun 10-12 ming söm atrofida haq tölanadi.

«Ketmonimizni diplomimiz deb hisoblaymiz. Çunki, şu ketmon bilan halol mehnat qilib, rözğorimizga qöşimça daromad olib boryapmiz. Mehnatimiz bilan uy qildik, töy qildik, maşina oldik. Kuniga 90 ming sömgaça topamiz. Uyga borgaç, rözğor işini ham qilamiz.

Hozir işlayotgan fermerimiz yaxşi, tuşlikda issiq ovqat, çoy taşkil qilib beradi. Öyin-kulgi qilib, qöşiq aytib işlaymiz. Halol mehnat qilayotganimizdan faxrlanamiz», — deydi Gavhar Ğiyosova.

15 nafar xotin-qiz özaro bir guruh bölib olişgan. Hududdagi qaysi fermerning işi bölsa, guruh rahbariga murojaat qiladi va narx kelişiladi. Çopiqçilarni dalaga olib borib, uyiga keltirib qöyiş fermerning zimmasida.

«Ertalab soat 6:00da işga kelamiz va 11:00gaça işlaymiz. Söng soat 16:00gaça dam olamiz. Ğöza qatorini 10-12 ming sömdan çopyapmiz. Havo juda isib ketsa, soyaga çiqamiz. Aslida, şamol bölib turgani uçun dalada issiq unçalik bilinmaydi», — deydi çopiqçilardan yana biri Zilola Ğiyosova.

Gulnoza Rajabova esa öğli Uluğbek Obidov tölov-kontrakt asosida talaba bölgani, dalada mehnat qilib, öğlining bilim olişi uçun hissa qöşayotganini aytib ötdi.