
Investitsiya va taşqi savdo vazirligida Texnik jihatdan tartibga soliş agentligining tuzilişi va sohada amalga oşirilişi kutilayotgan özgarişlarga bağişlangan matbuot anjumani ötkazilmoqda, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Ta'kidlanişiça, «E-Akkreditatsiya», «E-Standart», «E-Metrologiya» va «Elektron fond» interaktiv dasturlari işga tuşiriladi. Bu sertifikatlaş va akkreditatsiya tartiblarini sezilarli darajada soddalaştiradi hamda inson omilining mavjudligini bartaraf etadi. Arizani elektron körinişda istalgan payt topşiriş mumkin böladi va tegişli mutaxassislar özlari korxonaga kelib, namunalarni tanlab oladilar.
Sanitariya-epidemiologik xulosasi majburiy tartibda olinişi lozim bölgan oziq-ovqat va qişloq xöjaligi mahsulotlariga nisbatan muvofiqlik sertifikatini oliş ixtiyoriy ravişda amalga oşiriladi.
Şuningdek, mahsulotning xorijiy davlatlar standartlariga muvofiqligini baholaş uçun xorijiy davlatlar standartlarining Özbekistonda davlat röyxatidan ötkazilişi talab qilinmaydi.
Bundan taşqari, joriy yilda 26ta texnik reglamentni işlab çiqiş va 11ta texnik reglamentni qayta körib çiqiş rejalaştirilgan.







