2021 yil 1 iyun holatiga, Özbekiston oltin-valuta zaxiralari 35,5 milliard dollarni taşkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank ma'lum qildi.

Taqqoslaş uçun, 1 may holatida respublikaning rasmiy zaxira aktivlari 34,1 milliard dollarni taşkil qilgan.

Zaxiralarning keskin oşişiga jahon bozorida oltin narxining tiklana boşlaşi asosiy sabab bölganini taxmin qiliş mumkin. Çunki ötgan bir oy davomida oltin hajmi 11,7 million troya unsiyadan 11,3 troya unsiyaga (taxminan 12,44 tonna) kamaygan bölsa-da, uning qiymati 20,7 milliard dollardan 21,4 milliard dollarga köpaygan.

Zaxiralardagi oltin hajmi kamaygani Özbekiston bir neça oylik tanaffusdan keyin ilk marta monetar oltin eksport qilganini anglatadi.

Ma'lumot uçun, mart oyidan boşlab jahon bozorida oltin narxida pasayiş kuzatila boşlagan edi. 2021 yil fevral oyida oltinning bir unsiyasi 1834 dollar bölgan bölsa, mart oyida 1724 dollarga tuşgan, aprel oyida 1775 dollarga kötarilib, 31 may kuni esa narx 1904 dollarga yetgan. Eslatib ötamiz, 1 unsiya 31,1 grammga töğri keladi.

Oltin-valuta zaxiralarini hisoblaş metodikasi Xalqaro valuta jamğarmasi standartlari asosida yuritiladi. Özbekiston oltin-valuta zaxiralari tarkibining juda katta qismi xorijiy valuta aktivlari va quyma şakldagi monetar oltindan iborat.

Şuningdek, xorijiy valuta aktivlari ham ötgan davr mobaynida 579 million dollarga oşgan.

Respublika xalqaro zaxiralarida 2021 yilning 1 iyun holatida oltin 21,4 mlrd dollarni, xorij valuta aktivlari esa 13,7 mlrd dollarni taşkil etmoqda.

35,5 mlrd dollar – rasmiy zaxiralar miqdori e'lon qilina boşlagan 2017 yildan keyingi davrda kuzatilgan eng yuqori miqdor.