Kosovo Şimoliy Makedoniya poytaxti Skopedagi aeroport xavfsizlik xizmatini prezident Vosa Osmani xavfsizlik nuqtai nazaridan mobil telefonini berişdan boş torgan vaqtida yuzaga kelgan mojaroda xalqaro qoidalarni buzişda aybladi.

Ma’lum qilinişiça, holat 1 avgust kuni, Osmani Sloveniyaga yöl olayotganida sodir bölgan. Osmanining siyosiy maslahatçisi Bekim Kupinaning ma’lum qilişiça, Makedoniya aeroporti xodimlarining xatti-harakati barça xalqaro me’yorlarga zid, davlat rahbarlari safar çoğida diplomatik imtiyoz va immunitetlar bilan himoyalangan.

«Uşbu qoidani buzgan holda Makedoniya tomoni prezidentning şaxsiy sumkasini olib qöydi. Prezident aeroportga kirişi va mavjud tartibga köra elçixonamizning oğzaki notasi bilan band qilingan VIP-zalga ötişi uçun davlat rahbarining jamoasi bunga qöyib berdi. Ammo xavfsizlik nuqtai nazaridan prezident özining telefonini olişlariga ruxsat bermadi, çunki bu jiddiy qoidabuzarlik hisoblanadi», — deydi Kupina.

Uning aytişiça, aeroport xavfsizlik xizmati xodimi «prezidentni turtib yuborişga uringan va Kosovo politsiyasi Osmaniga yöl oçiş uçun vaziyatga aralaşgan».

Şimoliy Makedoniya parlamenti spikeri Afrim Gaşi şaxsan aeroportga yetib kelib, Osmani hamda unga hamrohlik qilayotganlarga safarni davom ettirişga yordam berganidan keyingina mojaro hal etilgan.

Makedoniya hukumati qasddan qoidabuzarlik borasidagi ayblovni rad etdi, biroq mojaroli vaziyat tergov qilinişini bildirdi. Aeroport xavfsizlik xizmati esa 1 avgust kuni xodimlar aeroportda standart tekşiruvni amalga oşirganini ma’lum qildi.