Şimoliy Makedoniyadagi prezidentlik saylovlarida eng yirik muxolifat partiyasi – «Makedoniya içki inqilobiy taşkiloti – Makedoniya milliy birligi demokratik partiyasi» vakili Gordana Silyanovska-Davkova ğalaba qozondi. Saylov byulletenlarining 79,2 foizi hisoblanganidan keyin u 64,8 foiz, uning raqibi, amaldagi prezident Stevo Pendarovski esa 29,2 foiz ovoz töplagan. Bu haqda 9 may, payşanbaga ötar keçasi mamlakat Davlat saylov komissiyasi ma’lum qildi.

Sotsial-demokrat Pendarovski mağlubiyatini tan olgan. «Natijalar aniq, lekin mening vijdonim toza, natijalardan kelib çiqib, ğoliblarni tabriklayman va kelgusi beş yilda muvaffaqiyatli işlaşlarini tilayman», dedi u.

24 aprel kuni bölib ötgan prezidentlik saylovining birinçi bosqiçida Silyanovska-Davkova 40 foizga yaqin, Pendarovski esa 20 foizdan kam ovoz olgan.

Muxolifat parlament saylovlarida ham ğalaba qozonyapti

Ayni paytda Şimoliy Makedoniyada parlament saylovlari ham bölib ötmoqda. Ularda «Makedoniya içki inqilobiy taşkiloti – Makedoniya milliy birligi demokratik partiyasi» boşqaradigan «Sizning Makedoniyangiz» koalitsiyasi ğalaba qozonyapti. Saylov byulletenlarining 78,2 foizini qayta işlagandan söng, u 42,5 foiz, Makedoniya sotsial-demokratik ittifoqi esa 14,5 foiz ovozga ega bölgani aniqlandi.

9 may kuni mamlakatda yangi hukumatni şakllantiriş böyiça muzokaralar boşlanişi kutilmoqda. Natijada, «Makedoniya içki inqilobiy taşkiloti – Makedoniya milliy birligi demokratik partiyasi» yetakçisi Xristian Mitskoski boş vazir bölişi mumkin.

Saylov natijalari mamlakatning YeIga yölini belgilaydi 

«Makedoniya içki inqilobiy taşkiloti – Makedoniya milliy birligi demokratik partiyasi» va Makedoniya sotsial-demokratik ittifoqi örtasidagi asosiy saylovoldi bahsi Şimoliy Makedoniyaning Yevropa Ittifoqiga qöşilişi şartlari atrofida böldi. YeI a’zosi bölgan Bolgariya Şimoliy Makedoniya konstitutsiyada bolgar ozçilik maqomini mustahkamlamagunça Skope bilan muzokaralar boşlanişiga qarşi çiqdi. Pendarovski bunga rozi bölişga tayyor edi, ammo «Makedoniya içki inqilobiy taşkiloti – Makedoniya milliy birligi demokratik partiyasi» mamlakat Yevropa Ittifoqiga a’zo bölganidan keyingina bunday tuzatişlarni kiritmoqçi.

2022 yil iyul oyida Skopedagi parlament Bolgariya bilan Şimoliy Makedoniyadagi bolgar ozçilikni tan oliş töğrisidagi kelişuvni tasdiqladi. Ovoz beriş jarayonida «Makedoniya içki inqilobiy taşkiloti – Makedoniya milliy birligi demokratik partiyasi» deputatlari norozilik belgisi sifatida majlislar zalini tark etdi.