Şimoliy Makedoniyadagi Koçani şahrida joylaşgan diskotekada yuz bergan yonğin oqibatida kamida 50 kişi halok böldi. Bu haqda mamlakat IIVdagi manbalariga tayanib, MIA agentligi xabar berdi.
Içki işlar vazirligi hozirça rasmiy bayonot bermagan, ammo önlab jabrlanuvçilar şaharning turli şifoxonalariga yetkazilganini tasdiqlagan.
Qayd etilişiça, fojia yuz bergan vaqtda binoda 1,5 mingga yaqin odam bölgan. Yonğin mahalliy vaqt bilan soat 03:00 larda boşlangan. Taxminlarga köra, yonğin DNK guruhining konserti vaqtida pirotexnika vositasidan foydalanilgani sabab kelib çiqqan.
Hodisa joyiga boş vazir Xristian Mitskoski va hukumat a’zolari yetib kelgan. Qutqaruv xizmatlari mahalliy aholi bilan birga yonğin oqibatlarini bartaraf etmoqda.
Mahalliy «Veçer» naşrining ma’lumotlariga köra, konsert ötkazilgan tungi klub egasi qölga olingan. Şuningdek, IIV tadbir taşkilotçilarini ham söroqqa çaqirgan.











