Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 iyundagi 360-son qaroriga binoan:
Bahodir Shermuhammadovich Shermuhammadov Farg‘ona davlat universiteti rektori etib;
Dilnoza Shavkatovna Xo‘jayeva Qo‘qon davlat pedagogika instituti rektori etib tayinlandi.
Ma'lumot uchun, pedagogika fanlari doktori Bahodir Shermuhammadov o‘z vaqtida oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri o‘rinbosari sifatida ishlagan. Dilnoza Xo‘jayeva esa Qo‘qon davlat pedagogika instituti prorektori bo‘lgan.















