Qayd etilişiça, Sergeli tumani hududida ba'zi paytlarda kuzatilayotgan badböy hidni bartaraf qiliş maqsadida “Toşkent şahar suv ta'minot” MÇJ taqdim qilgan potensial xavfli korxonalar röyxati böyiça Bektemir va Salar oqova suv tozalaş inşootlariga texnik suvlarni taşlovçi korxonalarda prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça biznes-ombudsman ruxsatiga asosan tekşiruvlar amalga oşirildi.
Uning natijalariga köra, korxona va taşkilotlarning 22 nafar mas'ullariga nisbatan Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning tegişli moddalari bilan ma'muriy işlar qözğatilgan.
“Aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş, korxonalarda lokal oqova tozalaş tizimini işga tuşiriş, ularni ta'mirlaş va samarali işlaşini ta'minlaş yuzasidan qisqa muddatda bajarilişi lozim bölgan majburiy körsatmalar berildi.
Bektemir tumanida joylaşgan 9ta korxona tomonidan berilgan majburiy körsatmalar öz vaqtida bajarilmagani sababli davlat ekologik ekspertizasi belgilangan muddatdan oldin amal qilişini töxtatiş va şahar kanalizatsiya tarmoğidan uziş maqsadida Toşkent şahar iqtisodiy sudiga da'vo arizasi kiritildi”, dedi Farhod Dehqonov.
Bildirilişiça, Salar oqova suv tozalaş inşootiga işlab çiqariş oqova suvlarini taşlovçi 18ta korxonadan 11tasida tekşirişlar amalga oşirildi. Me'yor darajasida tozalanmagan oqova taşlayotgan korxonalar faoliyati vaqtinça töxtatilgan.













