«Toşkent şahar suv ta'minoti» MÇJ poytaxtning Sergeli tumani Özgariş mahallasida uzluksiz yoqimsiz hid kelayotgani haqidagi şikoyatlar böyiça videolavha tayyorladi.

«Toşkent şahar suv ta'minoti» MÇJ boş muhandisi Abduqodir Alimov fikriga köra, yoqimsiz hid taralişining asosiy sababi «Salar» töyintiriş inşooti hamda Bözsuv kanaliga turli korxona va taşkilotlar tomonidan oqova suvlar va çiqindilarning oqizilişidir.

«Bektemir» va «Salar» oqova suv tozalaş inşooti yaqinidagi korxonalarga MÇJ tomonidan yuzlab ogohlantiriş berilgan, laboratoriya tahlillari muntazam olib borilib, kompensatsiyalar undirib kelinadi.

«Salar» töyintiriş inşooti Toşkent şahrining Janubiy qismida, Salar ariğining qirğoğida joylaşgan. 1961 yil 12 aprelda 25 ming kubometr quvvat bilan işga tuşirilgan. Inşoot maydoni 95,4 gektarni taşkil etadi. Loyihaviy tozalaş quvvati – 1068 ming kubometr bölib, işçi quvvati – 960 ming kubometrni taşkil etadi.

Inşoot hozirgi kunda Toşkent şahrining Yakkasaroy, Mirobod, Mirzo Uluğbek, Çilonzor, Yaşnobod, Sergeli tumanlaridan – 800-850 ming kubometr oqova suvini qabul qilib, tozalab çiqaradi.

«Salar» töyintiriş inşooti tarkibiga Mexanik tozalaş va quyqani qayta işlaş bölimi, Biologik tozalaş va oqova suvini zararsizlantiriş bölimi, Boş mexanik bölimi, Boş energetika bölimi, Kimyo bakteriologiya bölimi kiradi.

Inşootdagi uskuna va mexanizmlar, binolarning hozirgi holati talablarga töliq javob beradi. 2017 yilda me'yoriy talablar (PDS) hujjati işlab çiqilgan va Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi tomonidan tasdiqlangan. Tozalangan oqova suvlar me'yoriy talablar darajasiga yetkazilib, Salar kanaliga oqiziladi.