2021 yil 3-10 iyun kunlari Özbekiston respublika tovar-xomaşyo birjasi vakillari AQŞga xizmat safarini uyuştirişdi. Xizmat safari davomida birja vakillari AQŞning Nyu-York, Vaşington va Çikago şaharlariga taşrif buyurişdi.
Taşrifdan közlangan asosiy maqsad Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 17 martdagi PQ-5031-son “Yuqori likvidli va monopol tovarlarni sotiş jarayonlariga bozor mexanizmlarini joriy etişni davom ettiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qarori ijrosini ta'minlaş doirasida Özbekiston respublika tovar-xomaşyo birjasida fyuçers savdolarini taşkillaştiriş uçun AQŞ birjalari, davlat nazorat organlari, brokerlik idoralari, softver va IT kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalarini örnatişdan iborat edi.
Taşrifning dastlabki qismida Özbekiston birja vakillarining AQŞning Tovar fyuçers savdolari böyiça komissiyasi (CFTC) va “Connomara systems LLC” kompaniyasining rahbarlari bilan uçraşuvlar ötkazildi.
Xususan, Özbekiston Respublikasining AQŞdagi elçixonasi kömagida AQŞ Savdo vazirligining Tijorat huquqini rivojlantiriş dasturi (CLDP) maslahatçisi Maykl Kofild (Michael Cofield) va Tovar fyuçers savdolari böyiça komissiyasi (CFTC) direktorining örinbosari Kevin Pikkoli (Kevin Piccoli) bilan uç tomonlama uçraşuv ötkazildi.
Uçraşuvda AQŞda derivativ bozorlarining huquqiy asoslari, normativ-huquqiy bazasi, tovar segmentida fyuçers savdolarini taşkillaştiriş va ötkazişni davlat hamda birjalar tomonidan nazorat qiliş masalalari örganildi va muhokama qilindi.
Ötkazilgan muzokaralar natijalariga köra AQŞ tarafidan fyuçers savdolarini ötkazişga doir normativ-huquqiy aktlarni tarjimasi ta'minlangan holda taqdim etiş, fyuçers bozorlarini nazorat qiliş böyiça maslahatlar beriş, soha ekspertlarini jalb qiliş, şuningdek fyuçers savdolarini Özbekiston bozorida amaliyotda tatbiq qilişga har tomonlama kömaklaşişga kelişib olindi.
Ta'kidlaş lozimki, Tovar fyuçers savdolari böyiça komissiyasi (CFTC) AQŞning “Tovar birjalari töğrisida”gi qonun ijrosini nazorat qiluvçi markaziy davlat boşqaruv organi hisoblanadi. Komissiyaning asosiy vazifasi fyuçers savdo iştirokçilarini qoidabuzarlik va firibgarlikdan himoya qiliş, hamda fyuçers savdolarini nazorat qilişdan iboratdir.
Ikkinçi uçraşuv AQŞ ning “Connomara systems LLC” softver kompaniyasining (Çikago) asosçisi va rahbari Djyeyms Dauns (James Downs) va uning jamoasi bilan ötkazildi.
Ötkazilgan muzokaralar natijasiga köra tomonlar bir qator kelişuvlarga erişdi, şu jumladan birja va xorijiy kompaniya örtasida özaro anglaşuv töğrisida memorandum imzolandi. Mazkur Memorandumga muvofiq, tomonlar Özbekiston birjasi uçun fyuçers savdolari böyiça dasturiy ta'minotni işlab çiqiş va zamonaviy IT texnologiyalarini joriy qiliş yönalişida hamkorlik qiladi.













