Yevro-2020. E guruhi
Ispaniya — Şvetsiya — 0:0
Ispaniya: Simon, Jordi Alba, Lyaport, Pau Torres, Koke (Ruis, 87), M.Lorente, Olmo (Moreno, 74), Ernandes (Tiagu Alkantara, 66), Torres (Oyyarsabal, 74), Morata (Sarabiya, 66), Pedri.
Şvetsiya: Ulsen, Lustig (Kraft, 75), Augustinsson, Lindelyof, Danielson, Seb.Larsson, Ekdal, Forsberg (Bengsson, 84), Olsson (Kayuste, 84), Berg (Klasson, 69), Isak (Kuayzon, 69).
Ogohlantiriş: Lustig, 55.
Hakam: Vinçiç. Klançnik, Kovaçiç (barçasi — Sloveniya).
VAR: Klançnik (Sloveniya). Bets, Kavana (ikkisi — Angliya), Blom (Niderlandiya).
14 iyun. Sevilya. «Olimpiyskiy» stadioni. 10559 tomoşabin.

Ispaniyaning hozirgi tarkibi imkoniyatlari borasida turnirdan oldin ança ehtiyotkorlik bilan gapirişdi va Luis Enrike şogirdlarini favoritlar qatoriga qöşişga şoşilişmadi. «Qizil furiya» safida bölganlardan hozir faqat ikki kişi qolgan: Jordi Alba hamon boşlanğiç tarkibda maydonga çiqmoqda, Serxio Buskets esa koronavirusga çalingan. Natijada Yevro arafasida ispanlar jamoasining barça futbolçilari emlandi, şvedlarga qarşi esa ular immun javobi fonida öynaşdi.

Ahamiyatliroq bölgan boşqa fon ham bor. Luis Enrike Yevropa çempionatiga Serxio Ramosni zayavka qilmagan, bu esa sal qolsa mamlakatda fuqarolik uruşiga sabab bölardi. Murabbiy bu qarorga 27 yoşga çiqib nihoyat terma jamoaga munosib öynay boşlagan Emerik Lyaport tufayli keldi. Bu öyin uning uçun Ispaniya libosidagi ikkinçi öyin böldi, u ösmirlar va yoşlar jamoalarida Fransiya termasi şarafini himoya qilgandi.

Enrikega tarkib borasida e'tirozlar birgina Ramos bilan çeklanmaydi. Unga yakunlangan mavsumda «Atletik Bilbao» safida umidli harakat qila olmagan darvozabon Unai Simon (u La Liganing 37 öyinida 36 gol ötkazgan, jamoa turnirni 10-örinda yakunlagan) tanlovi borasida ham savollar yetarli. Şuningdek, «Atletiko»ning çempionlik mavsumida hujumkor pozitsiyada öynagan Markos Lorenteni öng qanot himoyasiga qöygani tuşunarsiz hol.

Istalgan murabbiy kabi Enrike öz tanqidçilariga yaxşi natijalar bilan javob qaytarişi mumkin. Öyin boşidayoq ispanlar töpga egalik qilişdi va şvedlarni öyin davomida yugurişga majbur qilişdi. Birinçi bölim örtalarida töpga egalik qiliş böyiça ustunlik qoyil qolarli edi — 81 foizga 19 foiz.