Ispaniya milliy jamoasi pley-offda sönggi daqiqalarda urilgan gol orqali ğalaba qozonişda davom etmoqda. Luis de la Fuente şogirdlari çorakfinalda qiyinçilik bilan Belgiya tösiğidan ötdi. Endi 14 iyul kuni muxlislarni yarimfinalda superjang kutmoqda – ispanlar fransuzlarga qarşi.

Ispaniya – Belgiya 2:1
Gollar: Ruis, 30 (1:0). De Ketelare, 41 (1:1). Merino, 88 (2:1)
Ispaniya: Simon, Lyaport, Kubarsi, Kukurelya, Porro, Ruis (Torres, 55), Rodri, Olmo (Merino, 86), Baena (Pedri, 55), Yamal, Oyyarsabal (Uilyams, 79)
Belgiya: Kurtua (Lammens, 71), Mehele, Ngoy, De Keyper (Seys, 61), Kastan, Vanaken (Vitsel, 60), Raskin, De Bryuyne (Salemakers, 86), Doku, Trossar (Lukaku, 60), De Ketelare
Ogohlantirişlar: Kubarsi, 43. Lyaport, 90 – De Bryuyne, 85. Vitsel, 90

Ikki jamoa ham boşlanğiç tarkiblarda syurprizlarga qöl urdi. Belgiyaliklar safida 1/8 finalda AQŞga qarşi öyinni töliq zaxira örindiğida ötkazgan Kevin de Bryuyne hamda öşa öyinda ikkinçi bölimda tuşirilgan Jyeremi Doku bu safar ilk daqiqalardan öynadi. 
Bundan taşqari, Rudi Garsiya çigalyozdi maşğulotlari vaqtida jarohatlangani tufayli Yuri Tilemans xizmatlaridan foydalana olmadi. Ispanlarda esa kutilmaganda jamoaning asosiy yarimhimoyaçisi Pedri zaxirada qoldirildi.

Belgiyaliklar öyinni kuçli pressing bilan boşladi, de Bryuyne va de Ketelare 4-4-2 sxemasida harakatlangan tarkibda birinçi himoyaçilar vazifasini ötaşdi. Ammo köp ötmay «Qizil furiya» taşabbusni öz qöliga oldi.

Birinçi bölimdagi kuling brekkaça belgiyaliklar raqib jarima maydonida atigi bir marta töpga teginişgani ham öyin kartinasini yaqqol ifodalaydi. Kiçik tanaffusdan keyin köp ötmay ispanlar hisobni oçişdi: Olmoning zarbasini Kurtua qaytardi, ammo töpga birinçi bölib Ruis yetib keldi.

Ispaniya bu turnirda biror marta gol ötkazmagani hisobga olinsa, belgiyaliklar tang ahvolda qolişgandi. Ammo aynan uşbu jamoaga Ispaniyaga birinçi golni uriş nasib qildi. Garsiya markaziy forvard pozitsiyasiga köçirgan yarimhimoyaçi Şarl de Ketelare turnirdagi navbatdagi golini urdi (u ötgan turda AQŞ darvozasiga dubl qayd etgandi).

«Qizil furiya» ikkinçi bölim davomida ham ustunlikka erişdi, «qizil iblislar» darvozaboni Tibo Kurtua jarohat olişi esa öyin taqdirini hal qildi.