Farğona viloyati Quva tumanida «Labo» haydovçisi YPX xodimi bilan janjallaşib, oqibatda unga sud tomonidan ma'muriy qamoq jazosi belgilandi. Bu haqda YHXB axborot xizmati xabar bermoqda. 

Qayd etilişiça, boşqaruv vaqtida qöl telefonidan foydalanib kelgan haydovçi YPX xodimi tomonidan töxtatilgan. Unga qoidabuzarligi tuşuntirilib, bayonnoma tuzilişi aytilgan. Şundan söng haydovçi YPX xodimiga bayonnoma tuzmasligi uçun qarşilik körsatgan.

Holat yuzasidan rasmiylaştirilgan hujjatlar sud tomonidan örganilib, haydovçiga nisbatan MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik) hamda 194-moddasi (içki işlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismi tartibida 10 sutka ma'muriy qamoq jazosi belgilandi. 

Avvalroq joriy yilda YTHlarda qurbon bölganlar soni 550 nafardan oşgani, qurbon bölganlarning eng köpi Farğona viloyati hissasiga töğri kelayotgani haqida xabar berilgan edi.