Ma'lum qilinişiça, Samarqand tumanida dastavval 2454 nafar oila “Temir daftar”ga kiritilgan. Bugungaça ularning 2000 dan ortiği bu daftardan çiqarilgan. Boşqa tumanlarda ham şunga öxşaş holat. Şuningdek, «Yoşlar daftari»ga kiritilgan 5400 dan ortiq fuqarodan 3900 ga yaqini bu daftardan çiqarilgan.
Bu oilalarning moddiy imkoniyatini yaxşilaş uçun qilingan işlar tumanlarda bir biriga yaqin.
Yuqoridagi daftarlarda qayd etilgan oilalarda yil boşidan buyon Jomboyda 5 mlrd söm, Bulunğurda 3 mlrd 368 mln söm, moddiy yordam ajratilgan. Samarqand tumanida ham daftarlardagi fuqarolarga turli moddiy yordam körsatib kelingan. Muammo şundaki, aksariyat hollarda bir yo ikki martalik moddiy yordam bilan baribir oilalar kambağallikdan çiqib qolmayapti. Vazifa esa bu oilalarni kambağallikdan çiqariş, ma'lum miqdorda doimiy daromadga ega qiliş.
Şu sababdan yuqoridagi tumanlarda yuzlab oilalarga har xil uskunalar yetkazib berilgan. Maqsad, mana şu uskunalar orqali fuqarolar işlab pul topişiga erişiş.
Misol uçun, yuqoridagi tumanlarda yuzlab oilalarga duradgorlik uskunalari, motokultivator, tikuv maşinasi, motoarra, temir payvandlaş uskunasi, sartaroşlik uskunalari kabilar yetkazib berilgan.
Ammo bunday holatda yuqoridagi savol kelib çiqadi: bitta tikuvçilik uskunasi bilan kambağallikdan çiqib böladimi?
Jomboy tuman hokimi bu savolga javob berdi:
“Yöq, bitta uskuna bilan kambağallikdan çiqib bölmaydi, ammo şu orqali bitta ayol kasb örganadi, agar biz uni tumandagi özini tutib olgan, yirik buyurtmalar olib mahsulot sotişni yölga qöyib olgan xususiy tikuvçilik korxonalari bilan boğlay olsak, birgalikdagi işini taşkil qilib bersak, bu naf berişi mumkin. Umuman, töğri kelgan odamga tikuvçilik, duradgorlik yoki boşqa uskunalar yetkazib berilmaydi. Kimning qaysi sohaga qiziqişi bölsa, ammo bu kasb uçun kerakli uskuna va jihozlari bölmasa, öşa odamga yetkazişni yölga qöydik. Qiziqişi bölmagan odamga bu uskunalardan naf yöq”.
Xullas, tumanlarda qadimgi yapon maqoliga amal qilinadiganga öxşaydi: “Baliq emas, qarmoq ber”. Buning qançalik samara keltirişini, albatta, vaqt körsatadi.
Yuqoridagi tumanlar nisbatan yeri hosildor, dehqonçilikda yetarli tajribaga ega hududlar hisoblanadi. Şundan kelib çiqib, ğalladan böşagan maydonlarni ham endilikda birinçi navbatda röyxatdagi oilalar va muhtoj oilalarga beriş amaliyoti boşlangani ma'lum qilindi.








