Nodira Toşkent şahridagi Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi axborot kommunikatsiya va texnologiyalarga ixtisoslaştirilgan maktabning 11-sinfini tamomladi.

U köplab xalqaro olimpiadalar ğolibasi böliş bilan birga, Xalqaro faxrli yoşlar jamiyati (International Juniors Honor Society) hamda BMTning Xalqaro bolalar fondida Özbekiston Yoşlar delegatsiyasi a’zosi hamdir.

«Kişi matematikani aniq bilsagina mantiqiy fikrlaşi rivojlanadi va boşqa fanlarni ham töğri tuşuna boşlaydi»

— Oyim matematika fanidan dars beradilar. 6 yoşimdan boşlab öqişga, umuman bilim olişga juda ham qiziqaman va şu yoşdan oyimdan matematikani örganişni boşlaganman. Çunki kişi matematikani aniq bilsagina mantiqiy fikrlaşi rivojlanadi va boşqa fanlarni ham töğri tuşuna boşlaydi.

4-sinfdan matematikani örganişni va olimpiadalarga tayyorlanişni boşlaganman. Xalqaro olimpiadalarga 7-sinfdan qatnaşganman. Bu – «Formula Yedinstva/Trete tycyacheletiye» olimpiadasi bölib, unda 3-örinni qölga kiritganman. 2019 yilda prezident taşabbusi bilan oçilgan Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi axborot kommunikatsiya va texnologiyalarga ixtisoslaştirilgan maktabiga kirganman.

«Boşqaruv lavozimidagilar ham matematika va mantiqdan imtihon topşirsa, budjetni isrof qilmaydi»

— Matematika insonga aniq bir formulalar orqali misol yeçişdan taşqari, uning öylaşi, fikrini ham kengaytiradi. Hayotning har bir jihatida mantiqni köradi va bunda eng yaxşi natijalarga erişa oladi.

Öylaymanki, matematika faqat matematik, fizik yoki aniq fan bilan şuğullanuvçilar uçun emas, balki har qanday kasb egalariga kerak böladi.

Insonning mantiqiy fikrlaşi yoş davrlarida rivojlanadi. Şuning uçun farzandingizning kelajakda matematik bölişini xohlamasangiz ham, aniq fan böyiça işlaşini xohlamasangiz ham, heç bölmasa, unga 10 yoşigaça matematikani örgatiş kerak. Şunda mantiqiy öylaşi yaxşi şakllanadi va kelajakda qanday işda işlasa ham, töğri qarorga kela oladi.

Öylaymanki, yuqori lavozimda işlaydiganlar, ya’ni hokimlar, ularning örinbosarlari yoki boşqa boşqaruv lavozimida işlaydiganlarni ham matematika va logikadan imtihon qiliş kerak. Çunki ular şundagina kelajakda töğri mantiqiy yeçimlarni topadi, ya’ni budjetni isrof qilmaydi, xalq ham qiynalmaydi. Aynan şunday töğri fikrli, töğri öylay oladigan insonlar boşqaruv lavozimlarida işlaşi kerak deb öylayman.