Zarbdordagi mahalla ahli içimlik suvini sotib oladi. Bu - «Obod qişloq» dasturidan keyingi holat
|21:04 / 25.06.202114 7569 min
Yangikentda mutaxassislar uç urinişda ham aholi uçun çuçuk suv çiqarib bera olişmadi.
Jizzax viloyati Zarbdor tumani Yangikent mahallasida istiqomat qilayotgan aholi içimlik suvini bir neça yildan beri sotib olayotgani, hududga toza içimlik suvi tortib keliş masalasi viloyat miqyosida kötarilgan bölsa-da, natija bölmayotganini ma'lum qilişdi.
Kun.uz holatni örganiş maqsadida Zarbdor tumaniga bordi.
Ma'lumot örnida aytiş mumkin, Yangikentda istiqomat qilayotganlarning aksariyati ötgan asrning 60-yillarida boşqa viloyatlardan köçib kelib, yaşab qolgan aholi. Ayniqsa, vodiy viloyatlaridan kelganlar köpçilikni taşkil qiladi.
Bu jihatga e'tibor berayotganimizning sababi, nafaqat Jizzax viloyatining çöl hududlari, balki Sirdaryo viloyatining ham aksariyat tumanlarida yaşayotganlar bu yerlarga iş manbayi va qulaylik istab kelişgan. Bir paytlar şunday bölgan ham. Şaharçalar, posyolkalar qurib berilgan. Xususan, Yangikent mahallasida ham bir vaqtlar yaşaş uçun şaroit bölgan-u, bora-bora vaqt töxtab qolgandek taassurot uyğotadi. Jamiyatga yangiça qaraş uçun imkon bermaydigan manzara köz oldingizda gavdalanadi.
Harqalay, bu dastlabki xulosa. Yanayam, haqiqiy manzarani odamlarning özidan eşitgan ma'qul.
Hadiça Mamarahimova uşbu mahallaga köçib kelganiga 23 yil bölgan. U aholi haqiqatan ham içimlik suvi muammosidan aziyat çekayotganini aytdi. Bu haqda mas'ullarga har doim xabar berib kelingan. Xususan, joriy yilning yanvarida Jizzax viloyati hokimi Ergaş Saliyev ötkazgan sayyor qabulda ham yangikentliklarni içimlik suvi bilan ta'minlaş masalasi kötarilgan va bu böyiça hokim fuqarolar oldida mas'ullarga topşiriq bergan.
Haydarqul Husainov ham mahallani içimlik suvi bilan ta'minlaş masalasini bevosita viloyat hokimiga ma'lum qilganini bildirdi. «Jizzax suv ta'minoti» MÇJ boşliği Zokir Mamarasulov aholiga hokim oldida va'da bergan. U hududga toza içimlik suvi olib keliş barobarida mahalladagi «vodozabor»ni ham ta'mirlab berişni zimmasiga olgan. Şu gaplar aytilganiga ham beş oydan oşyaptiki, yangikentliklar yangilikka ilhaq bölib turibdi.
Mavzuga oid
Bekmurot Normatov bir oila haftasiga örtaça 500-600 litr atrofida suv sotib olayotgani va bu ellik ming sömni taşkil qilişini aytdi.
Ra'no Maşrapova ba'zi vaqtlarda mahallaga toza içimlik suvi keliş muddati çözilib ketişi kuzatilganini ma'lum qildi. Mahallada qöli kaltaroq oilalar har doim ham suvni sotib ololmaydi. Texnikalarda olib kelingan suvni sotib oliş ança qimmatga tuşib ketar ekan. «Mana şunday vaqtlarda lotok ariqlardan keladigan suvni olib içganmiz», deydi u.
Darvoqe, biz Zarbdorda bölgan – 9 iyun kuni Yangikent mahallasida «Jizzax suv ta'minoti» MÇJ tuman filiali boşliği Şerali Qodirov öz xodimlari bilan birgalikda ta'mirlaş işlari olib borayotgan ekan.
Qodirov Yangikentni içimlik suvi bilan ta'minlaş maqsadida hozirgi kunda 14 kilometr masofadan içimlik suv tarmoği tortib kelinganini, hali işlar davom etayotganini ma'lum qildi. U tez orada suv minorasiga motor ulanişi va aholi toza içimlik suvi bilan ta'minlanişi mumkinligini qöşimça qildi.
«Bu bilan çeklanib qolmaymiz, keyinçalik mablağ ajratilsa, «vodazbor»ni ham işga tuşiramiz. Agar suv başnyamiz işga tuşsa, mahalla aholisini yuz foiz suv bilan ta'minlaş imkoniyatiga ega bölamiz», dedi suv ta'minoti idorasi boşliği.
Ma'lum bölişiça, Yangikent mahallasi 2019 yilda «Obod qişloq» dasturiga ham tuşgan ekan. Buni qarangki, butun boşli dasturga mahallani toza içimlik suvi bilan ta'minlaş kiritilmagan bölsa. Umuman, «Obod qişloq» dasturida yaşaş uçun eng muhim bölgan tarmoqni yölga qöyiş közda tutilmagan bölsa, nima nazarda tutilgan ekan? Qiziq. Bu haqda biroz keyinroq.
Şerali Qodirov 2019 yilda aynan «Obod qişloq» dasturiga asosan Yangikent mahallasida artezian quduği qaziş közda tutilganini ma'lum qildi. Hududda bir emas, uç marta artezian quduği qazilibdi va suvning qattiqligi baland çiqqani bois içişga yaroqsizligi ayon bölibdi. Natijada, aholi yana ikki yil davomida oğir şaroitga çidaşga majbur bölgan va bu holat hamon saqlanib qolmoqda.
Masalaning ikkinçi tomoni ham bor. XXI asrda yaşayapmiz. Yerosti suvimizning içişga yaroqli yoki yaroqsiz ekanini aniqlaş uçun nahotki uç marta artezian qazib köriş kerak? Umuman, buning uçun ketadigan mablağ va mehnat nega heç kimni qiziqtirmagan? Vaholanki, Jizzax gidrogeologik stansiya rahbari Gaynazarov Yangikent yerosti suvidan içimlik suvi sifatida foydalaniş mumkin, deb xulosa ham bergan.
Savol tuğiladi: «Özbekgidrogeologiya»ning Jizzax böyiça mas'uli viloyat hududida yana qança nuqtalarda şu kabi «istiqbolli loyiha»larga imzo qöydi ekan? Artezian quduği uç marta muvaffaqiyatsiz qazilgan ekan, buning uçun mablağ qaytarib joyiga qöyilganmi, kimdir javob berganmi notöğri xulosa uçun?
Yuqorida Yangikent mahallasi ikki yil avval «Obod qişloq» dasturiga kiritilgani haqida aytildi. Oçiği, bu mahallada insonlar yaşaşi uçun infratuzilma mavjud emasligini körib, ikki yil avval nega bu yer dasturga kirgan-u nima işlar qilingan, degan öyga boradi kişi. Yangikentda bir neça köp qavatli uylar mavjud va ularning joylaşuvi, tartibsiz hojatxonalar, bolalar öynaşi uçun mutlaqo şaroit yöqligi, zax suvlarni haydaydigan drenaj tizimi işlamasligi, natijada dehqonçilik u yoqda tursin, oddiy nihol kökartiriş ham muammo bölayotgani kabi masalalarga batafsil töxtalib ötirişni joiz topmadik.
Mahalla fuqarolar yiğini binosining özi ham abgor holatda.
Darvoqe, mahalla binosida «Obod qişloq» dasturi doirasida qilinişi lozim bölgan işlar va Yangikentning loyihasi turgan ekan. Holat şunçaki, absurd, ma'nisiz. Murojaatçilar mahallaning xayoliy loyiha va maketiga qarab, «Bu bizning orzumiz va bu asl holatimiz», deb taassuf bildirişdi.
Bizningça, Yangikentni qaytadan «Obod qişloq» dasturiga kiritiş yoki bunaqa balandparvoz iborani bu qişloq uçun qöllamaslik kerak.
Umuman, 2019 yilda «Özbekgidrogeologiya» xulosasi bilan barbod bölgan uçta artezian loyihasi, qolaversa «Obod qişloq» dasturi doirasida qilinmay qolgan işlar böyiça Zarbdor tumani hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunal xöjaligi masalalari böyiça örinbosari Alişer Erjigitov bilan telefon orqali suhbatlaşdik.
Erjigitov Yangikent mahallasidagi 11ta köp qavatli uylarning 8tasining tom qismi «Obod qişloq» dasturi doirasida yangilanganini ma'lum qildi. Bundan taşqari, ayrim köçalar ham ta'mirlangan, toş tökilgan. Bir söz bilan aytganda, loyihada körsatilgan aksariyat işlar tadbirkorlarning ham kömagi bilan amalga oşirilişi kerak bölgan, ammo bu maqsad amalga oşmay qolgan. Erjigitov mahallada 2019 yilgi dasturda közda tutilgan işlar qança foizga bajarilganini aniq ayta olmadi.
«2019 yilda «Özbekgidrogeologiya» xulosasi bilan uç marta artezian quduği qazidik. Suv iste'mol uçun yaroqsiz bölib çiqdi. Buning uçun ham ançagina mablağ ketdi. Natijada yangikentliklar içimlik suvi bilan ta'minlanmay qoldi», deydi hokim örinbosari.
Erjigitov ayni vaqtda tuman hududida bitta artezian quduği qaziş, işga tuşiriş uçun 160-170 million söm mablağ sarflanişini ma'lum qildi. Faraz qiling, ikki yil avval bitta artezian quduği 120 million sömga qazilgan bölsa ham, Yangikentning özida «Özbekgidrogeologiya»ning notöğri xulosasi bilan 360 million söm havoga uçgan.
Xuddi şunday tavsiya bilan 2018 yilda Ravot mahallasida qazilgan artezian quduğidan ham şör suv çiqqan va ikki oyga qolmasdan quduq foydalanişga yaroqsiz bölib qolgan. Şu kunlarda Ravotda yana artezian quduği qazilgan.
Xullas, bunaqa tavakkalçilik, istiqbolsiz xulosalar birinçi marta emas.
P.S.: Maqola tayyorlaniş jarayonida Zarbdor hokimi örinbosari Alişer Erjigitov bilan telefon orqali boğlanganimizda, u Yangikent mahallasi ahli bir kun avval içimlik suvi bilan ta'minlangani va kuniga ikki marta aholiga içimlik suvi berilişini ma'lum qildi.
P.S.S.: Murojaatçilar bilan telefon orqali boğlanganimizda esa, çiqarilgan içimlik suvi hozirça suv başnyasiga yaqin bölgan xonadonlargagina yetib borayotganini aytişdi.
Mahalla esa yana qaçondir «Obod qişloq» dasturiga kiritilsa ajab emas. Ammo hozirça bunaqasi Özbekiston tajribasida yöq.
Isomiddin Pölatov, Kun.uz muxbiri.
Tasvirçi va montaj ustasi: Faxriddin Hotamov.