Senatning ön oltinçi yalpi majlisida “Rasmiy statistika töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni muhokama qilindi.

Ta'kidlanganidek, mazkur qonun mamlakat milliy statistika tizimi huquqiy asosini yaratib bermoqda.

“Amaldagi statistika tizimida oçiq ma'lumotlar oşkoraligi va sifat darajasining pastligi, ma'lumotlarni fuqarolar va jahon hamjamiyatiga yetkaziş mexanizmining xalqaro talablarga töliq javob bermasligi şuningdek, mavjud “Davlat statistikasi töğrisida”gi Qonun faqatgina davlat statistika organlari faoliyatini tartibga solib, statistik ma'lumotlarni işlab çiqiş böyiça boşqa vazirlik va idoralarning faoliyatini qamrab olmagani kabi muammolar mavjud”, deyiladi ma'lumotda.

Qayd etilişiça, mazkur muammolarni bartaraf etiş, belgilanadigan qamrov va sifat talablari kengligi va töliqligini ifodalaş maqsadida Qonun bilan  “davlat statistikasi” yoki “milliy statistika” atama örniga “rasmiy statistika” atamasi joriy qilinmoqda.

Davlat statistikasi statistika organlari tomonidan şakllantiriladigan statistik ma'lumotlarni nazarda tutgan bölsa, rasmiy statistika barça tayyorlovçilar tomonidan tayyorlangan va tarqatiladigan statistik ma'lumotlarni qamrab oladi.

Natijada milliy statistika tizimiga kiruvçi barça sub'yektlarning faoliyatiga huquqiy asos va rasmiy statistikaning xalqaro darajada tan olinişiga institutsional baza yaratilmoqda.

Milliy statistika tizimi, rasmiy statistikani tayyorlovçilar, ma'muriy ma'lumotlarni yetkazib beruvçilar, respondent va foydalanuvçilarning özaro munosabati qoidalari ham nazarda tutilgan.

Rasmiy statistikaning umumfoydalaniş uçun oçiqlik holati, ma'lumotlarning oşkoralik va sifat darajasi, ularni fuqarolar va jahon hamjamiyatiga yetkazişning amaldagi mexanizmlari xalqaro talablar bilan uyğunlaştirilgan.

Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.