427 mln dollarlik loyiha. O‘zbekiston Jahon banki ko‘magida elektr energetika sohasini modernizatsiya qiladi

Jahon banki ijrochi direktorlar kengashi «Elektr energetika tarmog‘ini transformatsiya qilish va elektr energiyasini barqaror uzatish» loyihasini ma'qulladi. Loyiha butun mamlakat bo‘ylab millionlab uy xo‘jaliklari va korxonalarni uzluksiz elektr ta'minoti bilan ta'minlash maqsadida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ faoliyati samaradorligini oshiradi.
Ushbu loyihani amalga oshirish uchun Jahon banki guruhi tarkibiga kiruvchi Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi 380 million dollar, Yashil iqlim fondi (YaIF) 43 million dollar kredit ajratadi. Moliyalashtirish O‘zbekiston hukumatiga juda past foiz stavkalarida taqdim etiladi va to‘lovning eng uzoq muddati 40 yilgacha bo‘ladi. Shuningdek, YaIF loyiha doirasidagi alohida tadbirlar uchun 4 million dollar miqdorida grant ajratadi.
O‘zbekistonda elektr energiyasiga bo‘lgan talab 2018 yildagi 61 milliard kilovatt-soatdan 2030 yilga kelib 100 milliard kilovatt-soatdan ortiqqacha o‘sishi kutilmoqda. Hozirda mamlakatda 250 000 km.dan ortiq elektr uzatish liniyalari va tarqatish tarmoqlari mavjud. Ularning aksariyati sovet ittifoqi davrida qurilgan va ekspluatatsiya muddati ancha vaqt oldin tugagan.
Eskirgan infratuzilma elektr energiyasining katta hajmda yo‘qotilishiga olib keladi, bu ishlab chiqarilgan elektr energiyasi umumiy hajmi taxminan 20 foizini tashkil etadi.
«Ushbu transformatsion xarakterga ega bo‘lgan yangi loyiha hukumatga elektr energetika tarmog‘ining samarali ishlashi va rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni hal qilishda yordam beradi. Loyiha «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJni zamonaviy tijorat kompaniyasiga aylantirish va elektr energiyasini uzatish tizimlarini modernizatsiya qilishni jadallashtiradi. Ushbu chora-tadbirlar elektr energiyasining 32 millionga yaqin iste'molchiga ishonchli yetkazib berilishini ta'minlaydi va qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarish bo‘yicha yangi yirik loyihalarni elektr tarmoqlariga ulash imkonini beradi», dedi Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJning ustuvor investitsiyalarini moliyalashtirish orqali loyiha eskirgan energetika infratuzilmalarini modernizatsiya qilishga yordam beradi. Loyiha O‘zbekistonning 11ta hududida 22ta eskirgan yuqori kuchlanishli podstansiyalarni rekonstruksiya, modernizatsiya qilish va kengaytirish, shuningdek 500 kilovoltlik yangi podstansiyani va elektr uzatish liniyalarini qurishni o‘z ichiga oladi.
Elektr energiyasini uzatish tizimi monitoringi, boshqaruvi va ekspluatatsiya qilinishi jarayonlarini takomillashtirish maqsadida, loyiha doirasida zamonaviy raqamli va telekommunikatsiya texnologiyalari va yechimlari joriy etiladi. Ularga dispetcherlik nazorati va ma'lumotlarni yig‘ish uchun yangi dasturiy-apparat majmuasi, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ markaziy va hududiy dispetcherlik markazlari uchun elektr energiyasini boshqarish tizimini yaratish kiradi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent-sitida LVMH flagman do‘koni ochilishi mumkin
O‘zbekiston | 23:57 / 11.06.2025
-
Hongkong milliy xavfsizlikka tahdid tufayli birinchi marta videoo‘yinni taqiqladi
Jahon | 23:50 / 11.06.2025
-
Tramp 9 ming noqonuniy migrantni Guantanamo qamoqxonasiga yubormoqchi
Jahon | 23:15 / 11.06.2025
-
1-sinfga qabul 20 iyundan boshlanadi
O‘zbekiston | 22:45 / 11.06.2025
Mavzuga oid

17:24 / 21.05.2025
Jahon banki O‘zbekistonga 200 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratadi

09:55 / 21.05.2025
Jahon banki O‘zbekistonga 35 million dollar ajratdi

16:09 / 15.04.2025
Jahon banki Rog‘un GESini qayta tekshirmoqchi. Bunga ekspertlar fikri qanday?

16:36 / 10.04.2025