Asialuxe Travel milliy turoperatori qanday qilib Issiq-Kölga ortiqça tölovlarsiz taşrif buyuriş va u yerda butun oila nima bilan şuğullanişi mumkinligi haqida aytib beradi.

Issiq-Köl bu qanday köl?
Issiq-Köl – bu Qirğizistonda joylaşgan köl. Köl heç qaçon muzlamaydi, hatto juda sovuq bölganida ham, şu sababli, u qirğiz tilidan tarjima qilinganda «issiq köl» ma'nosini beradi. Köl kattaligi böyiça dunyoda Kaspiy dengizidan keyin ikkinçi tuzli köl hisoblanadi, tozaligi böyiça esa Baykal kölidan keyingi örinda turadi.

U yerga qanday qilib yetib oliş mumkin?
Asialuxe Travel milliy turoperatori 11 iyuldan Toşkent – Tomçi (Issiq-Köl) – Toşkent yönalişida töğridan-töğri charter reyslarni yölga qöymoqda. Qulay Uzbekistan Airways avialaynerlarida u yerga bor-yöği 1,5 soatda yetib olişingiz mumkin. Reyslar Toşkentdan yakşanba kunlari jönab ketadi va xalqaro Tomçi aeroportida köl qirğoğiga qönadi.

Issiq-Kölga boriş uçun qanday hujjatlar kerak?
Agar sayyoh 60 kungaça bölgan muddatga kelgan bölsa, Qirğizistonda Özbekiston fuqarolari uçun viza kerak emas. Yölovçiga bor-yöği xorijga çiqiş pasporti va uçişdan oldin 72 soat içida olingan salbiy natijaga ega PZR-test javobi kerak.

Qayerda töxtagan ma'qulroq?
Issiq-Köl qirğoğida yaşaş uçun joylar köp: har qanday did va budjetga töğri keladigan şinam pansionat va sanatoriyalardan boşlab ajoyib beş yulduzli mehmonxonalargaça. Qayerda töxtasangiz ham, sizni ajoyib tabiat kutib oladi: barça mehmonxona va pansionatlarda ösimliklar, ignabargli daraxtlarga ega örmonlar va gullar köp, şuningdek, xususiy plyaj va basseyn, xonadan taşqariga ajoyib köriniş va eng toza toğ havosidan ham bahramand bölişingiz mumkin!
















