Qayd etilişiça, 2019-2028 yillar davrida Özbekistonda qattiq maişiy çiqindilar bilan boğliq işlarni amalga oşiriş strategiyasi doirasida 96ta çiqindilarni qayta yuklaş köçma stansiyalari taşkil etiş va qayta yuklaş stansiyalarini 230ta maxsus texnika va 520ta konteyner bilan ta'minlaş közda tutilgan.

“Poligonlarni optimallaştiriş va yangi poligonlar quriş uçun 928 mln AQŞ dollari va qayta yuklaş stansiyalarini quriş uçun 144 mln dollar, maxsus texnika va konteyner xarid qiliş uçun 406 mln dollar miqdorida mablağlar talab etiladi”, deyiladi ma'lumotda.

Ta'kidlanişiça, poligonlarni optimallaştiriş va yangi poligonlar quriş işlarini xalqaro moliya institutlarining kredit mablağlari evaziga amalga oşiriş hamda kredit mablağlarini “Ekologik yiğim” hisobidan qoplab boriş közlangan.