Ma'lum qilinishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudining qarori bilan Sh.M.dan undiruvchi F.X.ga bir nafar voyaga yetmagan farzandi moddiy ta'minoti uchun daromadining to‘rtdan bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan. Bu holat bo‘yicha MIB Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan.

Qayd etilishicha, Sh.M. ancha paytdan buyon aliment to‘lovlarini to‘lamasdan kelgan. Shundan so‘ng qarzdor Sh.M. bilan ham atroflicha suhbat va tushuntirish ishlari o‘tkazilgan va farzandini moddiy qo‘llab-quvvatlash har bir otaning burchi ekani tushuntirilgan.

Bunday maslahat va suhbatdan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqargan qarzdor ota farzandining ta'minotini o‘ylab, u voyaga yetgunicha hisoblangan 197 million so‘m aliment pulini to‘lab bergan. Mazkur ijro hujjati tegishli tartibda tamomlangan.