Amaldagi tartibga köra, ota-onalar 2021 yilning 15 iyunidan 5 iyuliga qadar my.maktab.uz elektron platformasi orqali 1-sinfga çiqadigan farzandlariga maktablarni tanlaşlari mumkin. Bunda 3 ta maktab tanlaş imkoniyati beriladi. Birinçisi, ota-ona doimiy istiqomat qilayotgan hududdagi maktab, ya'ni yaşaş manziliga biriktirilgan mikrohududdagi maktab. Ikkinçi va uçinçi maktablar ota-onalarning ixtiyoriy tanlovi asosida farzandlarining qatnaşi uçun qulay bölgan maktablar hisoblanadi.

Agar ota-onalar mikrohududdagi maktabni emas, boşqa maktablarni tanlagan bölsa, ya'ni elektron röyxatdan ötiş vaqtida tanlagan ikkinçi yoki uçinçi maktablarning birida böş örinlar bölgan taqdirda 1-15 avgust kunlari hujjatlarini topşirişlari mumkin böladi. 2021 yilning 6 iyulidan 31 iyuliga qadar ota-onalar elektron platforma orqali tanlagan birinçi maktabga, ya'ni biriktirilgan mikrohududdagi maktabga hujjatlarini topşiradilar, bunda hujjatlarni topşiriş töliq elektron şaklda amalga oşiriladi. Ota-onalarning doimiy yaşaş manzili böyiça biriktirilgan mikrohududdagi maktabga farzandlarining joylaşişlari kafolatlanadi.

1-sinfga onlayn qabul tizimining şakllantirilgani ota-onalarga qulaylik tuğdiradi, albatta. Lekin tahririyatga kelgan qator murojaatlarga köra, my.maktab.uz elektron platformasidan röyxatdan ötişda qiyinçiliklar kuzatilyapti. Andijonlik ota-onalardan biri şunday yozadi:

“Xalq ta'limi vazirligining qabul uçun arizalarni my.maktab.uz elektron platformasi orqali topşirişi mumkinligi töğrisidagi xabarini öqigaç, ortiqça yugur-yugurlar, qoğozbozliklardan qutulibmiz, vaqtimiz ham tejaladigan bölibdi, degan fikrga kelgandik. Yöq, aksinça, ilgari qöllanilgan, ya'ni maktab yoşidagi bolalarni uyma-uy yurib röyxatga oliş, maktabga ota-onaning özi borib hujjat topşiriş an'anaviy usuli bizga qulayroqdek tuyulmoqda.

Sababi, my.maktab.uz platformasi kamçiliklarga ega bölib, bu şundoq ham internetdan unçalik xabardor bölmagan fuqarolar uçun qator noqulayliklar keltirib çiqarmoqda. Andijon şahri misolida köradigan bölsak, birinçidan, aksariyat köçalar nomlari xatolar bilan kiritilgan.

Ikkinçidan, ayrim köçalar nomi ikki martadan kiritilgan.

Uçinçidan, ayrim köçalar nomi umuman kiritilmagan. Masalan, Andijon şahri, Sanoat mahalla fuqarolar yiğini hududidagi Uçtegirmon köçasi nomi platformaga kiritilmagan. Köça nomini özingiz kiritolmaysiz. Bu muammo boşqa hududlarda ham kuzatilmoqda.

Törtinçidan, murojaatlarni qabul qiluvçi (71) 203-07-04 raqamli telefonga kunning turli vaqtlarida qönğiroq qilib, ulanişning imkoni bölmayapti. Doimiy ravişda band körsatmoqda, ayrimlar telefonga heç kim javob bermayotganini aytişdi.

Beşinçidan, Maktabga online qabul telegram kanaliga murojaat qilinganidan söng manzilni söraşdi va bir emas, ikki marta manzilni yozib berdik. Bir hafta içida ikki marta "Xalq ta'limi vazirligidanmiz” deb qönğiroq qilgan qiz manzilimni yozib oldi va köçamizni bazaga kiritişganidan söng yana boğlanişini aytdi.

Telegram kanaldagi mas'ul esa Andijon şahar xalq ta'limi bölimiga qönğiroq qilişimiz mumkinligini aytdi. Şahar xalq ta'limi bölimiga qönğiroq qilişimiz kerak bölsa, onlayn qabul platformasi nima uçun kerak?

 

Savollar köp. Xalq ta'limi vazirligidan uşbu muammoni öz vaqtida hal qilişlarini söraymiz.