Özbekistonda 2017 yil 1 aprelidan boşlab alkogolli va tamaki mahsulotlari uçun yangi namunadagi aksiz markalari muomalaga kiritiladi, eskilari bekor qilinadi.  

U Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 27 fevraldagi «Alkogolli mahsulotlarga va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etiş töğrisida»gi qaroriga muvofiq joriy etiladi. Qaror alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari noqonuniy işlab çiqarilişi va sotilişiga yöl qöymaslik yuzasidan nazoratni yanada kuçaytiriş maqsadida qabul qilingan. Qarorning töliq matni Lex.uz saytida e'lon qilingan. 

Unga köra, alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlariga yelimlanadigan aksiz markalarining yangi dizayni Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qömitasi, Davlat bojxona qömitasi va «Davlat belgisi» davlat-işlab çiqariş birlaşmasi tomonidan işlab çiqiladi va tasdiqlanadi. 

Ta'kidlanişiça, yangi namunadagi aksiz markalari amaliyotga kiritilganidan 9 oy ötgaç, eski namunadagi aksiz markalariga ega barça alkogolli va tamaki mahsulotlari markalanmagan deb hisoblanadi va qonunda belgilangan tartibda olib qöyiladi. 

Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi va Davlat bojxona qömitasi 2018 yil 1 yanvardan boşlab eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlarini aniqlaş, ularning olib kirilişi, işlab çiqarilişi hamda ulgurji va çakana savdo tarmoğida sotilişining oldini oliş, şuningdek uşbu mahsulotlarni belgilangan tartibda olib qöyiş çora-tadbirlarini köra boşlaydi. 

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimliklariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilişi töğrisidagi axborotni alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari işlab çiqaruvçilar va savdo taşkilotlari e'tiboriga yetkaziş vazifasi yuklangan. 

Uşbu qaror ijrosini nazorat qiliş Boş vazir örinbosari Rustam Azimov zimmasiga yuklatilgan.